Bunday hollarda nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh umringizni ziyoda qilsin. Hazrat mening buvamni yoshi 73 da. Alloh umrlarini ziyoda qilsin. Besh vaqt namoz o‘qiydi. Alloh kuch quvvat bersin hamisha. Buvamni namoz o‘qishini kuzataman. Xatolari bor. Tajvidni o‘qimagan. Buvamni shunday xatolarini qanday yo‘l bilan to‘g‘irlash mumkin? O‘zim aytgani botina olmayapman. Necha yillardan buyon namozni shunday o‘qib keladi. Buni aytsam, yoshi keksa buvamni ko‘ngli ranjib qolmasmikin? Hazrat qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U kishiga gapi o‘tadigan, xafa qilmaydigan odam aytsin.

26 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar