Qanday munosabatda bo‘lsam to‘g‘ri bo‘ladi?

Ustoz, uzr vaqtingizni olayotganim uchun! Bir qadrdon qo‘shnim bor, dugona bo‘lib ketganmiz, o‘zlari namozxonlar. Uzoq yillik qo‘shni bo‘lganimiz uchun yaqin bo‘lib ketganmiz. Uylariga kirib chiqqanimdan keyin, u kishi to‘satdan "uyimga kelganizda ichida puli bor so‘mkachamga ko‘ziz tushmadimi" deb telefon qilib qoldilar. Men "yo‘q ko‘zim tushmadi, qaerga qo‘ygandingiz?" deb so‘rab tursam, o‘sha vaqtning o‘zida u kishining uydagilari "so‘mkachani topildi" deb qolishdi. U kishi hijolat bo‘lib qoldilar. Qayta qayta telefon qilib uzr so‘radilar. Men hozirda hatto birovning uyiga muralash ham o‘g‘irlik deb nafsimni tergab turganimda bu og‘ir botarkan. U kishiga xafamasman dedimu, lekin bundan keyin qanaqa munosabatda bo‘lishni bilmay qoldim. U kishiga nisbatan menda ishonch yo‘qolib borayapti. Odatda bo‘nday holatlarda o‘zimizni qanday tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Maslahat bering Ustoz, nima qilay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kechirimli bo‘lish kerak. U kishi bir oz shoshmaganda bo‘lardi.

26 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar