Foydalansam bo‘ladimi?

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men oldin sartaroshxonada ishlar edim. Mijozlarimdan biri mendan soch tekislaydigan kichkina mashinkani sotib olgandi. Men unga “uyda qutisi ham bor, olib kelib beraman, qutining ichida moyi bor shuni surtib ishlatib yurasiz” desam, “ qutisi kerak emas, moyini kelasi safar kelganimda olib ketaman” dedi. Shu bo‘yi qaytib kelmadi. Bunga bir yildan oshiq vaqt bo‘lib, hozirda men u erdan ketganman. Endi men shu moyni ishlatsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishlatishingiz joiz emas. Birovning haqqi katta-kichik, oz-ko‘pligida farq qilmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:13 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar