Ruxsat so‘rab

Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Islom.uz profili( Adham Atajanov ) ostida qo‘yilgan SOUNDKLOUD musiqa eshitish saytidagi ma’ruzalaringizni ko‘chirib olib eshitishga ruxsat berasizmi? Tijorat va boshqa maqsad uchun emas, faqat ilm olish talabida, bu saytdan foydalanishda internet kerak bo‘ladi, menda har doim internetga ulanish imkoniyati yo‘q, shuning uchun internet bor paytda ko‘chirib olib boshqa paytlarda ham eshitib yurmoqchi edim. Bu erga joylanganligi sababi odamlar eshitishi uchun qo‘yilgan bo‘lsa kerak deb oldin ham ko‘chirib olib eshitgandim, Islom uz ( Adham Atajanov ) ostida qo‘yilgan ma’ruzalar ichida, sizdan tashqari u erda Foziljon qori, Rahmatulloh qori, Abdumalik qori, Anvar qori va yana bir nechta domlalarning maruzalari va Qur’on qiroatlari bor, ulardan ham ruxsat olish kerak bo‘ladimi ? Agar ruxsat bermasangiz oldin ko‘chirib eshitganlarimga sizdan uzr so‘rayman. Rozi bo‘lasiz degan umiddaman.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Muslim aka bilan feysbuk tarmog‘i orqali yoki [email protected] manzili orqali bog‘lanib buni so‘rab olishingiz mumkin.

28 Iyul 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar