Lo‘lilar haqida
Assalomu alaykum! Ko‘pchilik lo‘lilar haqida yomon gumonda bo‘lishadi. Eshitishimizcha ularning oxiratlari kuygan emish, ularga qiz uzatishni or-nomus deb biladilar. Ularning irqlari qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islomda “irqchilik” degan narsa yo‘q. “Lo‘lilarning oxirati kuygan” deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Biror kimsaning jannatiy yoki do‘zaxiy ekanligiga Alloh hukm chiqaradi. Bu oxiratda ma’lum bo‘ladi. Agar ular musulmon bo‘lsalar, Alloh taoloning quyidagi oyati hukmida bo‘ladilar.
«…Albatta, mo‘minlar birodardirlar…»
Darhaqiqat, bu birodarlik din qardoshligi bo‘lib, dunyodagi barcha insoniy aloqalardan ustun turadi. Bu birodarlik Alloh uchun, dinu diyonat uchun, Islom-iymon uchundir va u o‘zaro muhabbat, tinchlik-omonlik va hamkorlik asosiga qurilgan bo‘ladi.("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Ularga past nazar bilan qarash yoki zotidan jirkanish shariat hukmi ila harom hisoblanadi. Vallohu a’lam.
28 Aprel 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar