Silai-rahm tanish-bilishchilik deganimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bu savolni qidirdim, ammo topa olmadim. Ma’lumki, islom dinida silai-rahm juda ham yuksak qadrlanadi va unga buyuriladi. Ammo bizda bitta odat borki, bu odat jamiyat taraqqiyotini orqaga suradi bu - tanish-bilishchilik, urug‘-aymog‘chilik ya’ni qarindoshga yaxshilik qilish - silai-rahm deb, hamma o‘zini qarindoshini tanishini ishga kirgizadi, uning foydasiga hukm chiqaradi, o‘zini qarindoshi turganda begonaga parvo ham qilmaydi. Silai-rahm yaxshi, ammo uning oqibatida jamiyatda poraxo‘rlik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik ko‘payb ketgan. Muhtaram ustoz, dinimizda silai-raxm va tanish-bilishchilik orasida chegara qaerda?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Silai rahm boshqa narsa, poraxo‘rlik boshqa. Silai rahm shariat halol yo‘l bilan yaxshilik qilishdir.

26 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar