Ota onam bilan tortishuv
Assalomu alaykum! Hurmatli ahli ilm ustozlar. Avvalam bor dinimiz yo‘lidagi bu yordamingizdan Alloh rozi bo‘lsin. Berayotgan javoblaringizdan minnadorman. Bu safar biroz jiddiy balki siz ustozlar va koplarga biroz noxush va yoqmaydigan savol bilan murojat qilmoqchiman. Va o‘qib chiqib menga holis yordam berasizlar degan umiddaman. Savolni yo‘llashdan oldin vaziyat va holat bilan to‘laroq tanishtirishga harkat qilaman. Yoshim 23 o‘qiman va ishlayman uylanmaganman. Alhamdullilah kop yillar faqat bomdod va Juma namozlarini o‘qidim. Yaqin bir necha oy mobaynida Alloh ilmimni va imonimni to‘la va mukkamalroq qilip 5 vaqt namoz o‘qiman qoldan kelgancha kitob o‘qib ilmimni oshirishga va Alloh roziligini topishga harakat qilmoqdaman. Aslida gap bunda ham emas qaysidir manoda. Oilaviy muxit yaxshi emas desam ham bo‘ladi. Oilada 5 kishimiz Otam onam turmushdan qaytgan opam va jiyanim. Gapni qaerdan boshlashni bilmayman uzim muxum dep bilganlarimni aytaman qolimdan kelgancha. Kop yillardan beri Onam keyinchalik otam bilan ham munosabatimiz yaxshi emas. Yani mehr oqibat yoq va tshunmovchilik kop. Onam bilan muamoga kelsak. Xarkterlari ogir va havoyi nafslari juda juda kuchli. bu hattoki menga ham o‘tgan. Bundan tashqari yillar mobaynida yuzaga kelgan janjallarda onamning bazi hurmacha qiliqlari (tasavur qilib bo‘lmas faxsh so‘zlar bilan so‘kinish, shunga o‘xshash qiliqlarni qilish.)natijasida go‘yoki to‘girlab bo‘lmas darajada ko‘nglim qolgan. Bu qiliqlar bir vaqtlar mendaham bo‘lgan lekin onamda bularni ko‘rish men usun og‘ir bo‘lgan. Chunki onamdagi bu gaplar va qiliqlar bazi inson tavuriga ham sigmas darajada bo‘lgan holatlar ham bo‘lgan. (bularni toliq yozishga uyaldim ochig‘i.) Onam bilan urushlarga tshunmovchiliklarga esa sabablar turlicha bo‘lgan bazida shariat yoki hayotiy masala yuzasidan radiya berganimda bazida esa opamga uning kiyinishi yurishi to‘grisida gapirganimda bo‘lgan. Chunki bularni barchasini rad qilgan misol uchun opamga uyda toki ko‘chada hamma joyi ko‘rinadigan darajada kiyinmasligi buni korib hato men yomon ahvolga tushayotganimni aytgan vaqtlarim vazyatni to‘gri baxolash o‘rniga janjal topolon kotarardilar. Bu holatlarning bir misoli shunga o‘xshash holatlar juda ko‘p. Va yuqorida aytganimday havoyi nafslari juda baland. Kop isrof qiladilar qarz olip tashlaydilar. Hozirda opamning topish tutishi yaxshi shuning uchun opam taraf bo‘lip oladilar va hato opamga qingir yo‘l bilan bo‘lsa ham koproq pul topishiga rozilar. Yani demoqchi bo‘ganim ertaga men yaxshiroq topib onamni ham manaviy hammodiy tarafdan nafsini qondira olsam men yaxshi farzand bo‘laman va meni aytganlarimga quloq tutadilar menimcha. Jiyanim otasiz kop vazyatlarda meni yomon ko‘rip qolsam ham uni togri yolga boshlashga harakat qilaman lekin bu vazyatda ham onam aralashib topolon kotaradi. Shunda men ham togri yoldan chiqib endi yaxshi maqsadda emas onamga akslik qilib bu ishlarni qilishni boshlayman. Buni natijasida opam bilan oramizga ham sovuqchilik tushadi hatto. Pulni tejashlari kop qarz omasliklarini hohlayman bu vazyatda ham janjal kelip chiqadi. Onamga deyarli shariatdan gapirmayman bunga imkon ham yoq. Chunki hato dunyoviy masalalarni gapirganimda ham. Bazida namozim olayotgan ilmim haqida gapirib o‘tadilar va meni namoz orqali jilovlashga harkat qiladilar. Hatto bunday vazyatda quyishqondan chiqib qarshilik bildirsam vaxobiyga chiqazgan vazyatlari hambo‘lgan. Agarda bunday mojarolarni tariflasam vaqt etmaydi yozishga joy ham. Bu misollar edi holos. Otamga kelsak yuqoridagilarni barchasiga ularni aybdor deb bilaman. Chunki esimni tanibmanki na onamga na menga va na opamga tanbex yoki tarbiya berganlarini togri yo‘l ko‘rsatganlarini ko‘rmadim. Yani uyda bosh yo‘q men uzim bilan opam uzi bilan onam ham shunday. Biron xato qilsak otam faqat o‘ziga o‘zi so‘kinaveradi so‘kinaveradi. Bizdan hatoki nafratlanadiganday ko‘rinadi. Keyin juda ham kop qiliqlarodobga tog‘rikelmaydi. Hechqachon ogirlikni b’ynilariga olib na oilaviy na dunyoviy masalalarni echishga harakat qilmaydilar. Yani bugun utsa bo‘ldi qanday qilip bolsa ham shioridalar. Shu sabab bu ishni yani oilani (ayollarni) men qaysidir manoda zimamga olishga harkat qilaman. Chunki Opam ham onam ham kop hollarda hato qiladi dep o‘ylayman. va men eng norozi bo‘lganim va barchasiga sababchi dep bilganim Shu kungacha ota onam menga faqat moddiy tomondan yaxshigina taminlaganlari. lekin na tarbiya na din va na hayotiy yo‘l yo‘riq o‘rgatmaganlaridan norozi bo‘laman. Ha modiiy tarafdan kam qilmadilar lekin tarbiya bermadilar mana endi ayni hayotimni muxum laxzalarida hato modiy yordam ham tarbiya ham yoq. Yani shu yoshgacha otam ham onam ham men bilan Dinim ilmim yoki dunyoviy tarbiyaviy masalalarda hayotda as qotadigan yo‘l yo‘riqlarda gaplashishmagan.Sezib turaman barcha jixatlarda men haqmasdirman lekin hato o‘sha nohaqligimni ko‘rsatadigan isnonim ham yoq. Savolim birnechta. 1) Bunday vazyatdan 2 dunyoyim saodati uchun qanday chiqsam bo‘ladi? Agarda buni iloji bo‘lmasa faqat ohirat Alloh ro‘zi bo‘ladigan yo‘lni o‘rgating.! 2) janat onalar oyogi ostida deyilgan agarda men bunaqa vazyatlarda onam bilan til topisha olmasam. Alloh farz qilgan amllarni qilib ham Alloh roziligini topishim mumkunmi.? 3) Men bazi noxush holatlarda Oilam xuususan opam onamga qarshilik qilishim mumkunmi. 4) Agarda men vazyatdan chiqa olmasam ular bilan biroz masofada bo‘lib moddiy tarafdan taminlashim joizmi. Agarda savolim yoki savolimda hato bo‘lsa uzur Sizlardan yordam va batafsilroq javobni intizor kutaman. Bu borada maslaxat oladigan insonim yoq va bilmayman. Yordamingiz uchun raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘shandek muhitda bo‘lsangiz ham Alloh hidoyat qilganiga shukur qiling. Sahobiylar kofira, mushrika ota-onalariga qanday mehribon bo‘lgan bo‘lsa siz ham shunday mehribon bo‘ling. Siz ular bilan dushmandek munosabatda bo‘lmay, erkak bo‘lib ilm o‘rganib, moddiy tomondan yaxshilanib ularni botqoqlikdan olib chiqib ketadigan bo‘ling. Bu sizni “Bo‘l” deyishingiz bilan bo‘lib qolmaydi. Bunga uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘shandek muhitda bo‘lsangiz ham Alloh hidoyat qilganiga shukur qiling. Sahobiylar kofira, mushrika ota-onalariga qanday mehribon bo‘lgan bo‘lsa siz ham shunday mehribon bo‘ling. Siz ular bilan dushmandek munosabatda bo‘lmay, erkak bo‘lib ilm o‘rganib, moddiy tomondan yaxshilanib ularni botqoqlikdan olib chiqib ketadigan bo‘ling. Bu sizni “Bo‘l” deyishingiz bilan bo‘lib qolmaydi. Bunga uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush