O‘yinchoq bor uyda ibodat qilish
Assalomu alaykum! Uyda yoki biron bir xonada o‘yinchoq (ayiq, ko‘g‘irchoq, ....)bo‘sa o‘sha uyda farishta bo‘masakan, shaytonla bo‘larkan. O‘sha uyda yoki xonada o‘qigan namozi qabul bo‘masakan. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsaning rasmi yoki haykali bor uyga farishta kirmasligi to‘g‘ri. Ammo o‘sha xonada o‘qilgan namozlar qabul bo‘lmaydi degan gap yo‘q. Makruhlik bilan ado bo‘ladi. Lekin qug‘irchoqqa o‘xshagan bolalarning o‘yinchoqlari jonli narsalarning surat chizish va haykal yasash haromligi haqidagi hukmdan istisno qilingan. Shunga binoan bu o‘yinchoqlar bor uyda namoz o‘qisa bo‘ladi. Albatta bu o‘yinchoqlar namozxonning ro‘parasida bo‘lmasligi kerak. Bu borada bugungi kundagi qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar haqida ba’zi ulamolarning xiloflari borligini inobatga olgan holda xilofdan chiqish uchun imkon bo‘lsa, umuman o‘yinchoqlarni biror quti yoki javonlarning ichida bo‘lgani afzal hisoblanadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar