Huquqlilik darajasi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bozorda akam bilan savdo qilaman. Do‘kon va undagi mahsulotlar akamga tegishli, men shu sotilayotgan mahsulotimizni foydasidan akamga aytmay ishlatishim mumkinmi? Ba’zida akam do‘konda bo‘lmay qoladi, shunda bu daromaddan ishlataman; tushlik uchun, telefonimga pul tushirish uchun. Bunga mening haqqim bormi, ishlatgan pulim menga halolmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh umringizni uzoq qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Akangiz ruxsat bergan yoki bilgan bo‘lishi kerak.

26 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar