Yolg‘onga kirib qolmaydimi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim shundan iboratki, men bozorda tijorat qilaman. Tovarlarni ammam hamda pochchamdan olib sotib ham turaman. Shu tovarlarni olganimda ammam tovarni narxini 3100 so‘m deb yozib qo‘yadilar, lekin hisoblanganda 3000 so‘mdan hisoblaydilar, bu ham bo‘lsa menga yordam bo‘lsin deb. Lekin pochchamdan sir saqlaymiz bu harakatni. Ular 3100 so‘mdan beryapti deb o‘ylaydilar. O‘sha qolayotgan 100 so‘m menga harom emasmi? Ammam indama, men senga rozi bo‘lib qilib bermoqdamanku dedilar. Hurmatli ustoz, nima qilaylik, shunday ishlayversak meni topayotgan daromadimga harom aralashib qolmayaptimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mol ammangizniki bo‘lsa, joiz. Ammo pochchaniki bo‘lsa, undan so‘rash kerak.
26 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mol ammangizniki bo‘lsa, joiz. Ammo pochchaniki bo‘lsa, undan so‘rash kerak.
26 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar