Boshliq sigaret va aroq olib kel desa

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Maktabda o‘qituvchiman. Yuqoridan komissiya tekshiruvi kelganda, maktabda it egasini tanimay qiyomat boshlanadi. Aroqqa yuborgan vaziyatlari eng qiyini. Shu paytgacha ish joyimda birortasi aroqni ushlashga majbur qila olmagan. Biroq bu yil komissiya harajatlari mening bo‘ynimga ham yuklatilishi aytildi. Bu vaziyatda ikki holatga duch kelinadi: 1. Ularning ziyofatiga navbatlashib aroq sharobi olib kelish buyuriladi. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutganim ma’qul? 2. Ziyofatga pul berish aytiladi. Bu pulga olinadigan narsalar ichida albatta aroq ham bo‘ladi. Bundachi, bemalol pul berishim mumkinmi yoki boshqacha yo‘l tutiladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz bu bedodliklar haqida davlat idoralariga shikoyat qiling. Qonun bo‘yich maktabda aroq ichish u yoqda tursin, maktabga besh yuz metr yaqinlikda aroq sotib ham bo‘lmaydi. Bunday "it egasini tanimaydigan maktab" kelajakdagi umidimiz bo‘lgan bolalarimizni qanday tarbiyalaydi?!

26 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar