Ruku va sajdada yaradan yiring chiqsa

Assalomu alaykum! Orqa tarafimda belimni pastida yara bor. Ruku va sajdada egilganimda undan yiring oqadi. Namozni qanday ado etsam bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilib o‘qisangiz o‘sha yara yorilib suv chiqmaydigan darajada bo‘lsa o‘shanchalik ruku’ va o‘shanchalik sajda qilavering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar