Ushbu gap sahih hadismi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! "Insoniyatni ruhi yaratilganda Alloh subhanahu va taolo payg‘ambar Muso alayhissalomga: “Dunyoga kim bo‘lib kelmoqchisan?” deganda, Muso alayhissalom: “Kalimulloh bo‘lib kelmoqchiman”, keyin Ibrohim alayhissalomdan so‘raganda, u kishi “halilulloh bo‘lib bormoqchiman”, Iso alayhissalomdan so‘raganda “ruhullloh bo‘lib bormoqchiman”, payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamdan so‘raganda “qul bo‘lib bormoqchiman” degan ekanlar. Alloh u kishidan bu savoliga rahmatullilalamin deb aytganda edi, deb kutgan ekan" degan hadisni bir birodarimiz aytib savol tariqasida so‘radilar. Meni bu to‘g‘ri noto‘g‘ri deydigan ilmim bo‘lmaganidan, sizga murojaat qilishni ma’qul deb topdim. Shu hadis sahihmi yoki g‘ayri sahihmi, bu masala ustidan hali ilmi ko‘p bo‘lmagan kishilar o‘rtasida ko‘plar bahslarga sabab bo‘lyapti. Shunga yordam bersangiz, javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu noto‘g‘ri.
26 May 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 81 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar