Imkonsiz holatda ta’lim krediti

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! o‘tgan safar savolimni to‘lig‘ yoritib berolmaganim sababli, javob ololmadim. Savolimning (firma orqali 0, 9 kamaytirilgan holatda to‘lash) tavsiloti quyidagicha: Men firma yoki bank orqali 4500 dollar (so‘mda) to‘lasam, u firma yoki bank MDIS Singapurskiyga pul o‘tkazish yo‘li orqali 5000 dollar (so‘mda) o‘tkazib beradi. So‘ngi chora sifatida o‘qishidan haydalib ketmasligi uchun ta’lim krediti yoki tavsilotdagi yo‘l ila ayolimni o‘qitish uchun to‘lovni amalga oshirsam bo‘ladimi? Ustoz vaqtingizni ayamay javob berayotganingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga ribo yo‘li bilan qarz olishga hech kim fatvo bera olmaydi.

26 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar