Eshon pul so‘rasa

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men savdo bilan shug‘ullanaman. Albatta zimmamga vojib bo‘lgan sadaqa va zakotimni ado qilib turaman. Muammo shundaki bizni eshonlarimiz bor. Ular o‘zini okquyakmiz, sayyidlar avlodimiz deyishadi. Xususan bizni eshonimiz aroqxo‘r inson va tez-tez kelib, menga tekinga 30-40 ming so‘mlik mol ber deydi. 2-3 marta berdim, keyin bermay qo‘ydim. Bermasangiz darrov qarg‘aydi. Axir sayyid avlodlariga sadaqa harom emasmi? U holda qarg‘asa nima bo‘ladi? Ba’zilar “Eshonlarni yo‘g‘ida ham chaqmoqni o‘ticha bo‘ladi” deyishadi. Nima maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zi fosiq bo‘laturib sayyidlikni da’vo qilishi uning kimligini bildirib turibdi. Undaylar ming sayyidlikni da’vo qilganlari bilan sayyid bo‘lib qolishmaydi va ularni nohaq qarg‘ishlari ham o‘tmaydi. Ba’zi dindan bilimi yo‘q odamlar shu kabi insonlarni shunday darajaga chiqarib olib, “chaqmoqni o‘ticha” deb qolganlarni qo‘rqitishadi. Siz Alloh taolo buyurgan zakot kabi zimmangizdagi farzlarni ado qilayotgan bo‘lsangiz bu kabi ishlarga e’tibor bermang. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar