Jahriymi maxfiymi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, fiqh uz saytida «Ijmo’ qilingan fiqhiy masalalar ro‘yxati» maqolasini o‘qib qoldim. Namozga bag‘ishlangan qismining 5 bandida shom va xufton namozlarining avvalgi ikki rak’atlari jaxriy, qolganlari esa maxfiy qiroat qilinadi, deb aytilgan. Bu jamoat namoziga tegishlimi yoki barcha namozlar uchunmi? Namoz o‘qishni boshlagan vaqtlarim barcha rak’atlarni jaxriy o‘qir edim. Ular durust va to‘g‘ri bo‘lganmi? Bir murojaatda ikkita savol berganim uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Shom va xufton namozlarining avvalgi ikki rak’atlari jaxriy, qolganlari esa maxfiy qiroat qilinadi” deb aytilgani to‘g‘ri. Yolg‘iz o‘qilganda ushbu ikki namozni maxfiy yoki jahriy qilishda ixtiyorlimiz. Siz o‘qigan namozlaringizni qayta o‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar