Jannatga tushish

Assalomu alaykum! Men oxiratxakida kitob o‘qigandim. Unda yozilishicha 99 qism do‘zaxga 1 qism jannatga kirarkan. Bundan chiqdi biz xam do‘zaxga kiramizmi? Bizni amalimiz saxobalarniki oldida xech narsaku, jannatga kirish uchun ko‘proq qanday amal qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisdagi gapdan murod, do‘zax ahli jannat ahlidan ko‘p bo‘lishidir.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَوَّلُ مَنْ يُدْعَى يَوْمَ الْقِيَامَةِ آدَمُ، فَتَرَاءَى ذُرِّيَّتُهُ فَيُقَالُ: هَذَا أَبُوكُمْ آدَمُ. فَيَقُولُ: لَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ. فَيَقُولُ: أَخْرِجْ بَعْثَ جَهَنَّمَ مِنْ ذُرِّيَّتِكَ. فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، كَمْ أُخْرِجُ؟ فَيَقُولُ: أَخْرِجْ مِنْ كُلِّ مِائَةٍ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ». فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، إِذَا أُخِذَ مِنَّا مِنْ كُلِّ مِائَةٍ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، فَمَاذَا يَبْقَى مِنَّا؟ قَالَ: «إِنَّ أُمَّتِي فِي الْأُمَمِ كَالشَّعَرَةِ الْبَيْضَاءِ فِي الثَّوْرِ الْأَسْوَدِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qiyomat kuni birinchi chaqiriladigan kishi Odamdir. Zurriyoti uni ko‘radi va ularga «Bu otangiz Odamdir», deyiladi. U: «Labbayka va sa’dayka (Labbay, amringga muntazirman)», deydi. U Zot: «Zurriyotingdan jahannamga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Qanchasini chiqaray?» deydi. U Zot: «Har yuztadan to‘qson to‘qqiztani chiqar», deydi». Shunda: «Ey Allohning Rasuli, har yuztadan to‘qson to‘qqiztamiz olinsa, bizdan kim qoladi?» deyishdi. «Ummatim boshqa ummatlar ichida qora ho‘kizdagi oq tukdek (ozchilik)dir», dedilar».
Shunday ekan musulmon kishi Allohni amriga bo‘ysunib, shariatga amal qilmog‘i darkor bo‘ladi. Ibodat va yaxshi amallarda bardavom bo‘lib, qaytarilgan ishlardan uzoq yurishi zarur bo‘ladi. Alloh barchamizning oqibatlarimizni xayrli qilsin! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar