Peshin namozimni qazosini o‘qib olishim shartmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat oldin bergan savolim, "peshin namozim qazo bo‘lmayaptimi?" degan savol edi, javobingizda "asr namozini vaqti kirmasdan o‘qib olish kerak" degansiz. Hazrat, men bilsam peshin namozimni asr namozini vaqti kirganiga 30 minut bo‘larkan, men peshin namozimni shu vaqt oralig‘ida o‘qib olganman. Bundan kelib chiqadiki, peshin namozim qazo bo‘lyapti ekan. Endi men peshin namozimni boshqatdan qazo deb o‘qib olishim shartmi? Agar o‘qib bo‘lish kerak bo‘lsa, qachondan beri qazo bo‘lganini bilmayman. Oldin ishimiz oz bo‘lgan, peshin namozni vaqtida o‘qib olganman, lekin qachondan beri peshin namozim qazo bo‘lganini bilmayman, qanday yo‘l tutib o‘qib olishim kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taxmindan bo‘lsa ham, chamalaysiz. Qazo bo‘lganini bilgan taqdirda asrdan oldin peshinning qazosini o‘qiysiz.
26 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 166 | Namoz