Musofir yurtda zakot berish hukmi
Assalomu alaykum! “Zikr ahlidan so‘rang” xodimlari. Alloh barcha qilayotgan mehnatingizni ajru savobini mo‘l qilib bersin. Savolim shundan iboratki biz hozirda Yaponiyada yashayapmiz va bu erda kamida 4 yildan ortiq yashasak kerak Insha Alloh. Bu erdagi musulmonlarni deyarlik tanimaymiz ham. Biz zakot berishimiz kerakmi? 2. G‘ayri din 1 farzandi bor yolg‘iz onaga zakot bersak bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa u ayolga yordam puli deb aytsak bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Nisobga etgan molingiz bo‘lsa zakot berishingiz farz.
2). G‘ayridinga berish bilan ado bo‘lmaydi. O‘z yurtingizga jo‘natishingiz mumkin. U ayolga boshqa puldan sadaqa-ehson qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 158 | Zakot