Otamga ta’lim-tarbiya tariqasida qattiqrok gapirsam joizmi?

Meni qiynagan narsa, otamning ba’zi ilmsizlik bilan qilgan amallari borasida. Ma’lumki, otani ranjitishlik yaxshi emas. Otam sigaret chekadilar, o‘z o‘rnida namoz ham o‘qiydilar. Ba’zan tahoratli holda sigaret chekib, keyin namoz ham o‘qiydilar. Men chekilganda tahorat sinishini aytaman, lekin esdan chiqadimi yana bu holat bo‘lib turadi. Bundan tashqari ba’zan chap qo‘llari bilan taomlanayotganlarini ham ko‘raman. Uztoz, shunday holatlarda men otamga ta’lim tarbiya tariqasida qattiqrok gapirsam joizmi? Gaplarimdan ranjib kolishidan va bundan men gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Shu masalada maslahatingizga muhtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz onaningizdan iltimos qiling. Yolg‘iz qolganlarida u kishi aytsin!

26 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar