Uzrli holatda jamoat namozlariga borish

Assalomu alaykum! Bir tanishim yaqinda operatsiya bo‘ldilar, natijada yo‘g‘on ichakni qorindan tashqariga chiqarib qo‘yildi, barcha najosat va qorin dam bo‘lgandagi havo shu orqali tashqariga chiqar ekan. Yarim yil shunday yurish kerak ekan, keyin qayta operatsiya qilib holat asliga qaytarilar ekan. Najosat erga va kiyimga tegmasligi uchun zarur choralar ko‘rilgan. Faqat, ichakdan chiqayotgan ovoz va hidlarni (el kelgandagidek) odam o‘zi nazorat qila olmas ekan. Savol: Shunday holatda 5 mahal jamoatga va Jum’a namozlariga chiqilsa boshqalarga ozor berilgan bo‘lmasmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 5 mahalga chiqishi joiz emas. Jumaga chiqish ham ozor bersa uni ham tark qilib uyida peshin o‘qiydi.  Vallohu a’lam!

3 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar