Bu holatda o‘tirib namoz o‘qish mumkinmi?

Assalamu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari. Men yiqilib chap oyok tizzam lat edi, hozir yara bo‘lib qotib qolgan, kattaroq, tezroq bitib ketishi uchun xar kuni zelyonka surtib muolaja qilyapman. Muammo shundaki, har namoz o‘qiganimda qa’dada va sajda vaqtida oyoq bukilgan vaqtda yara o‘rtadan ochilib, ichidan ozroq yiring yoki suv (aniq bilmayman) chiqadi. Shimga ham zelyonka ranggi tegib qolyapti. Hazrat, namozlarni qanday o‘qiy? Yara tezroq bitishi uchun o‘tirib oyoqni bukmay o‘qisam bo‘ladimi? Va jumada qay holatda o‘qiyman yoki mening holatimda bormaslikka uzr bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘tirib, oyoqni bukmay o‘qisa bo‘ladi. Jumaga boring.

26 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar