Parilarga atab pishirilgan taomlarni esa bo‘ladimi?
Men oldingi savolimda folbinlarga ishonadigan amakim haqida yozgandim, javobingiz uchun katta rahmat Alloh rozi bo‘lsin. Meni yana bir narsa o‘ylantirib qo‘ydi. Amakimizga hech nima ta’sir qilmayapti. Endi o‘sha domlalarni oldiga borganlarida 1 haftalik taomnoma tuzib beribdi. Har kuni o‘sha taomnomaga qarab ovqat pishiramiz. Istemol qilishdan oldin duo o‘qib, so‘ng istemol qilamiz. Qiziqib ko‘rib o‘zim taomnomani o‘qib chiqdim. Ba’zi taomlarni “qaysar parilarni yo‘qlab pishiriladi” deyilgan. Taomnoma so‘ngida “o‘tgan barcha parilarga, umidvor bo‘lganlarga va o‘tgan ota ona ruhlariga bag‘ishlab duo o‘qilsin” deb yozib qo‘yilgan ekan. Shu taomlarni iste’mol qilishimiz mumkinmi? (Hammamiz bir hovlida turamiz, hamma uchun bitta ovqat qilinadi)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha odam domla emas. Baxshimi yoki shunga o‘xshagan bir balo bo‘ladi. O‘sha taomlarni iste’mol qilishimiz mumkin emas.
26 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar