Qabr toshi haqida

Assalomu alaykum! Olamdan o‘tgan onamlarning qabrlariga “tosh qo‘yish kerak” deb qarindoshlarim qo‘ymayapti. Men qanday yo‘l tutay?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!QABRLARNI OYoQ OSTI QILISh VA QABRGA TEGIShLI HUKMLARShariat qabrlarni ziyorat qilish borasida vasatiy yo‘lni ixtiyor qilgan. Shariat qabristonlarni qarovsiz tashlab qo‘yish va ularni ulug‘lashda haddan oshishdan qaytargan.عَنْ أَبِي مَرْثَدٍ الْغَنَوِيّ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللّهِ صلى الله عليه وسلم "لاَ تَجْلِسُوا عَلَى الْقُبُورِ وَلاَ تُصَلّوا إِلَيْهَا"Abu Marsad G‘anaviy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Qabr ustiga o‘tirmanglar va unga qarab namoz o‘qimanglar” dedilar”(Muslim rivoyati). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْه عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لأَنْ يَجْلِسَ أَحَدُكُمْ عَلَى جَمْرَةٍ فَتُحْرِقَ ثِيَابَهُ فَتَخْلُصَ إِلَى جِلْدِهِ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَجْلِسَ عَلَى قَبْرٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:“Albatta, biringizning cho‘g‘ ustiga o‘tirishi, u kiyimini kuydirib, badaniga o‘tishi, uning uchun qabr ustiga o‘tirganidan ko‘ra yaxshiroqdir”, dedilar”.Muslim, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilishgan. قَالَ عَلَاءٌ التَّرْجُمَانِيُّ يَأْثَمُ بِوَطْءِ الْقُبُورِ لِأَنَّ سَقْفَ الْقَبْرِ حَقُّ الْمَيِّتِ كَذَا فِي الْقُنْيَةِ“Alout tarjumoniy: “Qabrlarni bosish bilan gunohkor bo‘ladi. Chunki, qabrning usti mayyitning haqqidir. Qunyada shunday deyilgan”(Fatavo hindiya). وعن عمرو بن حزم قال :" رآني النبي صلى الله عليه و سلم متكئا على قبر فقال : لا تؤذ صاحب هذا القبر أولا تؤذه". رواه أحمد Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrga suyangan holatimni ko‘rib:“Bu qabr sohibiga ozor berma” dedilar yoki “Unga ozor berma” dedilar”(Imom Ahmad rivoyati). عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُجَصَّصَ الْقَبْرُ وَأَنْ يُقْعَدَ عَلَيْهِ وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: نَهَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ تُجَصَّصَ الْقُبُورُ وَأَنْ يُكْتَبَ عَلَيْهَا وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهَا وَأَنْ تُوطَأَJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrni bo‘r bilan suvashni, uning ustiga o‘tirishni va uning ustiga bino qurishni nahyi qilganlar”.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Termiziyning lafzida:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrlarning bo‘r bilan suvalishidan, ularning ustiga yozilishidan va ularning ustiga bino qurilishidan va bosilishidan qaytarganlar”, deyilgan.Yuqorida zikr qilingan hadislardan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni qarovsiz tashlab behurmat qilishga, depsalab horlashga va noshar’iy ta’zimlashga qarshi turganlar, ya’ni qabr egalarining haqqini vasatiy yo‘l bilan amalga oshirganlar va ummatga bu borada ham namuna bo‘lganlar. Ha, agar qabristonlarda noshar’iy harak’atlar ko‘zga tashlansa, tushuntirish ishlari orqali xalqqa qabrlarni ziyorati borasidagi bid’at bilan sunnat orasini ochib berish lozim bo‘ladi. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis naql qilingan:عَنْ أَبِي الْهَيَّاجِ رَضِيَ اللهُ عَنْه قَالَ: قَالَ لِي عَلِيُّ بْنُ أَبِي طَالِبٍ: أَلاَ أَبْعَثُكَ عَلَى مَا بَعَثَنِي عَلَيْهِ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ لاَ تَدَعَ تِمْثَالاً إِلاَّ طَمَسْتَهُ وَلاَ قَبْرًا مُشْرِفًا إِلاَّ سَوَّيْتَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّAbul Hayyoj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Menga Ali ibn Abu Tolib:“Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni yuborgan narsa bilan yuboraymi?! Birorta timsolni qo‘ymay yo‘q qilasan. Birorta ko‘tarilgan qabrni qo‘ymay tekislaysan”, dedi”.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.“Islomda jonli narsalar haykali haromdir. Chunki bu ish aqidaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunga haykal va suratlarga sig‘inish tarixi guvoh. Rivoyatlarda bayon qilinishicha, o‘tgan qavmlarda ahli solih kishilar o‘tsa, ularni eslab turish uchun suratlari yoki haykallarini qo‘yishgan. Birinchi avlod ularni to‘g‘ri ma’noda hurmat bilan eslab turgan. Keyingi avlodlar otalarimiz bularni hurmat qilar edi, deb o‘zlaridan bir narsalarni qo‘shib, surat va haykallarning ehtiromini yana ham ziyoda qilishgan.Shundoq qilib borib, bir necha avloddan so‘ng mazkur surat va haykallarga ibodat qilish boshlangan. Ana o‘sha achchiq tajriba yuzasidan Islomda jonli narsalarning haykal va suratlarini chizish va ishlash man qilingan.Qabrga sig‘inish ham qabrlarni ziynatlash, ularning ustiga turli binolar qurish tufayli kelib chiqqan. Shuning uchun ham qabrlarni baland ko‘tarishga ruxsat yo‘q.Jumhur ulamolar, jumladan, Imom Abu Hanifa, Imom Molik va Imom Ahmadlar qabrning ustidagi tuproqni tuyaning o‘rkachiga o‘xshatib bir qarich miqdorda ko‘tarsa bo‘ladi, chunki Sufyon at-Tammordan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabri shunchalik ko‘tarilganligi zikr qilingan” (Hadis va hayot).Qabrni gips va shunga o‘xshash qurilish materiallari bilan mustahkamlash hamda uning ustiga gummbaz qilish joiz emas. Nabiu sollallohu alayhi vasallam hamda ikki yonlaridagi Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning qabrlari gipsga o‘xshash narsalar bilan mustahkamlanmagan. Balki, xom loydan bo‘lgan.وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ : يُكْرَهُ أَنْ يَبْنِيَ عَلَيْهِ بِنَاءً مِنْ بَيْتٍ أَوْ قُبَّةٍ أَوْ نَحْوِ ذَلِكَ ، لِمَا رَوَى جَابِرٌ { نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ تَجْصِيصِ الْقُبُورِ ، وَأَنْ يُكْتَبَ عَلَيْهَا ، وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهَا } رَوَاهُ مُسْلِمٌAbu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi:“Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni gips bilan suvashdan, unga yozishdan va unga bino qilishdan qaytarganlar”.(Muslim rivoyati). Hadisga binoan qabr ustiga uy yoki gumbaz yoki shunga o‘xshash narsa qilish makruhdir” (Raddul muhtor).Lekin qabrlarni loy bilan suvash borasida “Raddul muhtor”da shunday deyilgan:الْمُخْتَارُ أَنَّهُ لَا يُكْرَهُ التَّطْيِينُ “Muxtor qavl shuki, loy bilan suvash makruh emas” (Raddul muhtor).قال ابن مسعود رضي الله عنه مَا رَآهُ الْمُسْلِمُونَ حَسَنًا فَهُوَ عِنْدَ اللَّهِ حَسَنٌIbn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa, Alloh taoloning huzurida ham yaxshidir” (Mirqotul mafotih).لَا بَأْسَ بِالْكِتَابَةِ إنْ اُحْتِيجَ إلَيْهَا حَتَّى لَا يَذْهَبَ الْأَثَرُ وَلَا يُمْتَهَنَ“Asar ketib, qabr oyoq osti bo‘lmasligi uchun yozib qo‘yishga ehtiyoj tug‘ilsa, (belgi sifatida) yozib qo‘yishni zarari yo‘q”. (Raddul muhtor). Qabrga dafn etilgan kishiga belgi bo‘ladigan miqdorda yozish joiz, lekin undar ortiq yozish joiz emas. Agar yozishga hojat yo‘q bo‘lsa, yozmagani avlodir. Qabrga oyat va hadislarni yozish mutloq joiz emas.إنَّهُ يُكْرَهُ كِتَابَةُ شَيْءٍ عَلَيْهِ مِنْ الْقُرْآنِ“Qur’ondan biror narsani yozish makruhdir” (Raddul muhtor).Omi xalq tomonidan avliyoullohlarning qabrlarini ziyorat qilishga doir asrlar osha boyitilib kelinayotgan “bid’atlar”, jumladan, chirog‘ yoqish, sajda qilish, tavof qilish, o‘pish, peshona va ko‘zga qabr tuprog‘ini surtish, namozda turgandek qabr oldida ikki qo‘lni bog‘lab turish, ruku’dagi kabi ta’zim qilish kabilarning birortasi mu’tabar hanafiy mazhabi kitoblarida uchramaydi. Agar hozir biror avliyo qabri ustiga borib odamlarni kuzatsangiz yuqoridagi manzarga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Lekin, ulardan birortasini hanafiy mazhabi kitoblarida “Qabr ziyorati” deb alohida ajratilgan boblarda uchratmaymiz.QABR USTINI GIPS BILAN SUVASh VA UNGA GUMBAZ YaSAShQabr ustini gips bilan suvash, gumbaz qilib qoplash borasida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadislar yuqorida keltirildi. Ahli sunna val jamoa olimlari yuqorida o‘tgan hadislar asosida gips bilan suvash va gumbaz qilishni harom deb fatvo berganlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning shogirdlari, hanafiy mazhabi kitoblarini tadvin qilgan imom Muhammad rahmatullohi alayh:“Qabrdan chiqqan tuproqqa ziyoda qilishni sahih deb bilmaymiz. Gips yoki tuproq bilan shuvashni makruh deb bilamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qabrlarni to‘rt burchak qilishdan va uni gips bilan shuvashdan qaytarganlar. Shu bizning mazhabimiz va Abu Hanifa rahmatullohi alayhning irshodlaridir” (Kitobul osor).Abul Hayyoj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Menga Ali ibn Abu Tolib:“Seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni yuborgan narsa bilan yuboraymi?! Birorta timsolni qo‘ymay yo‘q qilasan. Birorta ko‘tarilgan qabrni qo‘ymay tekislaysan”, dedi”.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Ushbu hadisga muvofiq imom Shofiiy rahmatullohi alayh Makkai mukarramadagi imomlar qabriga qurilgan imoratlarni buzishga hukm qilganlar (Sharhi Muslim li imom an-Navaviy).Valiyullohlarning qabrlari ustiga quriladigan qubblarni, valiylarning o‘zlari yaxshi deb bilmaganlar va unga ijozat ham vasiyat ham qilmaganlar. Biror sovdogar tushida biror joyga ramziy qabr qilishni ko‘rib, ramziy qubbali maqbara qilsa va insonlar bora-bora unga sig‘inishni boshlashsa, qanday ham yomon holat. Hanafiy mazhabining mu’tabar kitoblaridan, jumladan, “Raddul muhtor”, “Qozixon”, “Sirojiya”, “Fatvo hindiya”, “Durrul muxtor” va “Kabiriylar”da qabr ustiga bino qilish joiz deb bilinmagan. Bu haqda ibn Obidiyn rahmatulloho alayh shunday deganlar:وَأَمَّا الْبِنَاءُ عَلَيْهِ فَلَمْ أَرَ مَنْ اخْتَارَ جَوَازَهُ"Ammo, Uni ustiga bino qilishning joizligini ixtiyor qilgan biror kishini ko‘rmadim" (Raddul muhtor).Qozi Sanoulloh hanafiy rahmatullohi alayh:"Avliyoullohlar qabrlari ustiga bino qilish, chirog‘ yoqish harom ishlardandir".
QABR USTINI G‘ILOF BILAN QOPLAShQabr ustiga g‘ilof qoplamoq joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar, tobiinlar va to‘g‘ri yo‘l imomlari zamonalarida biror qabr ustiga g‘ilof yopilmagan. Bu haqda ibn Obidiyn rahmatullohi alayh shunday deganlar:فِي الْأَحْكَامِ عَنْ الْحُجَّةِ : تُكْرَهُ السُّتُورُ عَلَى الْقُبُورِ"Hujjat"dan "Ahkomda" naql qilib keltiriladi: "Qabr ustini qoplash makruhdir" (Raddul muhtor).QABRGA ChIROG‘ YoQIShQabrni chirog‘, qandil yordamida yoritishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarib qo‘ya qolmaganlar. Balki, unday kishilarga la’nat aytganlar. Bu erda qabr ustiga an’anaviy bid’atga aylanib chirog‘ yoqish haqida so‘z bormoqda. Kechki payt dafn qilayotganda qabr ichini yoritib turishda hech qanday karohiyat yo‘q.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَعَنَ الله زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:“Alloh qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni va qabrlar ustiga masjid qurib, chiroq yoquvchilarni la’nat qilsin”, dedilar”.Sunan egalari rivoyat qilishgan.Alil Qori hanafiy rahmatullohi alayh ushbu hadis sharhida shunday deganlar:والنهي عن اتخاذ السرج لما فيه من تضييع المال لأنه لا نفع لأحد من السراج ولأنها من آثار جهنم وإما للإحتراز عن تعظيم القبور كالنهي عن اتخاذ القبور مساجد كذا قاله بعض علمائنا"Chirog‘ yoqishda molni zoya qilish bo‘lgani uchun qaytarilgan. Chunki, chirog‘dan biror kishiga manfaat yo‘q. Zero, u jahannam asarlaridandir yoki qabrlarni masjid qilib tutishdan qaytarilgani kabi qabrlarni ulug‘lashdan saqlanish uchun (chirog‘ yaqishdan qaytarilgan). Ba’zi ulamolarimiz shunday deganlar " (Mirqotul mafotih).Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh:"Qabrni haddan ziyod baland qilish, uni ustiga bino qilish, avliyo sharafiga bayram o‘tkazish, chirog‘ yoqish va shunga o‘xshash narsalar bid’atdir. Ulardan ba’zisi harom va ba’zisi makruhdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrga sham yoquvchi va sajda qiluvchilarga la’nat bo‘lsin deganlar. So‘zlarining davomida, meni qabrimni bayram va masjid qilmanglar deganlar. Masjidda sajda qilinadi. Bayramda esa, yilda bir kunni tayin qilib, jamlaniladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni baland qabrlarni tekislash va qaerda tasvir ko‘rsa o‘chirishga yuborganlar" degan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 195 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar