Shumlanishmi yoki kasallik
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Shumlanish musulmon kishiga mumkinmasligini bildim. Meni necha yildan beri qiynab kelayotgan bir holat bor. Menda yo‘q narsadan xavotirlanish bo‘ladi. Yaqin kishim olamdan o‘tishi yoki avtohalokat, shunga o‘xshash narsalar bo‘lishi mumkin deb, xuddi bo‘lishi aniqdek ishonib qolaman. Ilmim etmagani shuki, bu holat ham shumlanishga kiradimi yoki shumlanish faqat ibodatga taalluqli ishlardagina bo‘ladimi? Bu holat meni ham diniy ham dunyoviy ishlarimga xalaqit beradi, ya’ni juda tushkunlik holatiga kirib qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shumlanish barcha narsada bo‘ladi. Bundan qutilish uchun hamma narsa faqat Alloh taoloning xohishi bilan bo‘lishiga iymonni mustahkam qilish kerak.
26 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar