Vijdon va iymon
Assalomu alaykum! Hurmatli sayt xodimlari, Islom dini ta’limotlari bo‘yicha inson mukammal suratda yaralib, hamma narsalarni nomini bilgan deyiladi. Lekin tarix ilmi xodimlari inson asta sekin rivojlangan kandaydir muddat utgandan sung mukammal xolatga kelgan deydi. Bularga isbot sifatida topilgan arxeolagik topilmalarni(niandertal.kromanyon ) misol qilishadi. Ushbu qarama qarshilikni menga tushuntirib bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu iymon bilan iymonsizlikning qarama-qarshiligidir. Musulmon kishi Qur’oni karimning oyatlarida kelgan xabarga iymon keltirishi va bu narsalarga shak-shubhasi bo‘lmasligi zarur. Siz aytayotgan arxeolagik topilmalar eng ko‘pi bilan tahminiy narsalar bo‘lib, iymonga asosli narsalar emas. Hozirgi kunda ilohiy vahiy ilm vositasi hisoblanmay, balki barcha narsani aql, mushohada va tajriba hal qiladigan, shular asosida hukm chiqariladigan bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda haqli savollar paydo bo‘ladi: «Aql mustahkam o‘lchovmi? Aqlning eng oxirgi o‘lchov ekanligi qay darajada ishonchli? Aql qiyomatgacha keladigan insoniyatga yo‘lboshchi bo‘la oladimi? Aql, mushohada va tajribaga suyanishning o‘zi etarlimi?» Ushbu savollarga javob berishdan oldin ilm olish vositalari va ularning ishlash doirasi haqida batafsil bilib olishimiz lozim. ILM OLISh VOSITALARI Alloh taolo ilm olish uchun insoniyatga uchta vosita ato etdi. Bu vositalarning har biri maxsus doiradagina faoliyat ko‘rsatadi va shu belgilangan doirada ishlatilsa, ulardan manfaat hosil bo‘ladi. Agar belgilangan doiradan chetga chiqilsa, vositalar tomonidan olingan ilm foydasiz, ishonchsiz hisoblanadi. Ushbu vositalar va ularning faoliyat doirasi bilan tanishib chiqaylik: 1. Sezgi a’zolari va ularning ishlash doirasi: Alloh taolo ilm olish uchun insonga beshta sezgini ato etdi (arab tilida «havossu xamsa») – ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va sezish. Bu sezgilar ko‘z, quloq, burun, og‘iz (til) va teri kabi a’zolar yordamida faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘z yordamida ko‘rib, til yordamida tatib ko‘rib, ta’m bilib, ilm hosil qilamiz. Quloq yordamida eshitib, teri yordamida his etib, ushlab ko‘rib ilm hosil qilamiz. Shu sezgi a’zolari vositasi bilan tashqi dunyo haqida ma’lumot olamiz, tasavvur hosil qilamiz. Biroq bu sezgilar orqali olinadigan ma’lumot va tasavvurlar mushohada chegarasiga borib, to‘xtaydi. Mazkur sezgilar o‘zining belgilangan imkoniyat chegarasidagina ish beradi, ushbu chegaradan chiqqach, natija taxmin va shakka aylanadi, ya’ni aniq natija olinmaydi. Ko‘z bilan ko‘riladi, lekin eshitilmaydi. Quloq bilan ko‘rilmaydi, eshitiladi. Burun bilan hid sezamiz, lekin ko‘ra olmaymiz. Bir kishi ko‘zini bog‘lab olib, «Men qulog‘im bilan ko‘ra boshladim», desa, aqldan ozgan hisoblanadi, chunki quloq ko‘rish uchun yaratilmagan. Birovning «Sening qulog‘ing ko‘rmaydi. Shuning uchun quloq bilan ko‘rishga harakat qilishing befoyda» degan gapiga javoban «Qulog‘im ko‘rmasa, demak, u bekorchi narsa ekan», degan kishining ham aqli noqis bo‘ladi, chunki quloq ko‘rish emas, balki eshitish doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Har bir a’zoning vazifasi hammaga ma’lum bo‘lib, ularning barchasi Alloh taolo tomonidan belgilab qo‘yilgan vazifanigina bajaradi. Biri ikkinchisining vazifasini bajara olmaydi. Biror narsaning tasvirini ko‘zi ojiz odamdan so‘raymizmi, ko‘zi ko‘radigan odamdanmi? Albatta, ko‘radigan odamdan. Bir taomning ta’mini uni tatib ko‘rgan odamdan so‘raymizmi, unga ko‘z tashlagan odamdanmi? Albatta, tatib ko‘rgan odamdan. Bu barcha tan oladigan oddiy haqiqatdir. Biroq, afsuski, keyingi ikki ilm olish vositasi borasida ko‘plab o‘qimishli odamlar ham mana shu oddiy haqiqatni yaxshi anglamay, bu tushunchalarni bir-biriga qorishtirib, aralashtirib tashlaydilar; 2. Aqlning ishlash doirasi: Ma’lum bir bosqichga kelib, Alloh taolo tomonidan bizga berilgan beshta sezgi a’zosi, ya’ni ko‘z, quloq, burun, og‘iz va terilar hech qanday ish bermay, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni bevosita mushohada qilib bo‘lmay qoladi. Buning uchun insoniyatga boshqa bir muhim vosita – aql ato etilgan. Beshta sezgi a’zosining imkoniyat chegarasi tugagan joyda aql ishga tushadi. Masalan, oldimizda bir chiroyli xontaxta turibdi. Ko‘zimiz bilan uning rangini, qo‘limiz bilan mustahkam yog‘ochdan yasalganini, so‘ng ustiga bo‘yoq surilganini bilib olamiz. Biroq uning qanday qilib yasalganini ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, chunki xontaxta bizning ko‘z o‘ngimizda yasalmagan. Shu o‘rinda aqlim menga yo‘lboshchilik qilib, «Bu top-toza stol o‘z-o‘zidan yasalib qolmaydi. Balki u qaysidir usta tarafidan yasalgandir. U usta juda mahoratli bo‘lganidan uni chiroyli suratda yasabdi», deydi. Demak, duradgor tomonidan qilingan ishni menga aqlim aytadi. Bu o‘rinda beshta sezgi a’zosi ish bermaydi. Balki aqlim yordamga kelib, menga yo‘lboshchilik qiladi. Beshta sezgi a’zosi ma’lum bir joyga etib kelganda foyda bera olmagani kabi, aql ham ma’lum bir joyga etib kelgach, uning natijalari taxminiy bo‘lib qoladi, ya’ni aqlning ishlash doirasi cheksiz emas. Aql ham ma’lum bir chegaragacha insoniyatga manfaat berib, yo‘lboshchi bo‘la oladi. Aqlingizni ushbu chegaradan tashqarida ishlatishni xohlasangiz, albatta, aql u erda noto‘g‘ri javob beradi va to‘g‘ri yo‘lboshchi bo‘lmaydi. Shu o‘rinda boshqa bir etakchiga, ya’ni uchinchi ilm vositasiga ehtiyoj sezasiz; 3. Ilohiy vahiy: Aqlning parvozi nihoyalangan joyda Alloh taolo insoniyat uchun uchinchi ilm vositasini ato qilgan. U «ilohiy vahiy», ya’ni Alloh taolo tomonidan yuborilgan vahiy va samoviy ta’limotdir. Ilohiy vahiy aqlning parvozi nihoyalangan joydan boshlanadi. Shu bois ilohiy vahiy nozil qilingan joyda aqlning ishlashi ko‘zning ishini quloq bilan, quloqning ishini esa ko‘z bilan bajarish kabidir, ya’ni ko‘z quloq vazifasini bajara olmagani kabi, aql ham ilohiy vahiy vazifasini bajara olmaydi. Bu bilan aql bekorchiga chiqib qolmaydi. Balki aql o‘z doirasida ishlasa, manfaat beradi. Aqlni o‘z doirasidan tashqarida ishlatish ko‘z bilan quloqni hid bilishga ishlatish kabidir. ISLOM VA MODDAPARASTLAR O‘RTASIDAGI FARQ Islom va moddaparastlar o‘rtasidagi farq shuki, moddaparastlar ilm olish vositalari ikkita, ya’ni beshta sezgi a’zo va aql, deyishadi. Ular insonda ilm olish uchun uchinchi vosita yo‘q, deb ta’kidlashadi. Ilm vositalari sifatida ular ko‘z, quloq, burun va aqlni tan oladilar. Bulardan boshqa ilm vositalarini rad etadilar. Islom esa ikki vositadan tashqari, «ilohiy vahiy» ham ilm olish vositasi hisoblanadi, deb ta’kidlaydi. ILOHIY VAHIYNING ZARURATI Islom dini aql ba’zi masalalarni echishga qodir emas, balki ularni hal etishda ilohiy ko‘rsatma zarur, deb ta’kidlaydi. Ilohiy vahiy uchun esa payg‘ambar va rasullar hamda samoviy kitoblarga ehtiyoj bor. Islom dinining bu da’vosi hozirgi jamiyatda qay darajada to‘g‘ri? AQL GOHIDA ALDAB HAM QO‘YaDI Bugungi kunda materializm tarafdorlari har bir narsani aql tarozisiga qo‘yib, u yaxshi deb bilgan narsani yaxshi, yomon deb bilgan narsani yomon deb hukm qilmoqdalar. Lekin aqlda narsalarni yaxshi yoki yomonga ajratadigan, olamiy haqiqat bo‘lgan va butun dunyodagi insoniyat tan olib, uning yordamida o‘z ishlarini yaxshi va yomonga ajrata oladigan formula yoki printsip yo‘q. Aqlimizga «Qaysi narsa yaxshi?», «Qaysi narsa yomon?», «Qaysi narsani tanlash lozim?», «Qaysi narsani ixtiyor qilmaslik kerak?» deb savol berib, hukm qilishni unga topshirsak, nimalar yuz berishini tarixga nazar solib, bilib olishimiz mumkin. Aql insoniyatni behisob aldagan. Agar aql o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, insoniyatni qaerdan qaerga olib borishiga tarixdan bir necha misollarni keltirishimiz mumkin. SINGILGA UYLANISh AQLGA XILOF ISh EMAS Bundan taxminan sakkiz asr ilgari «qaromita» yoki «botiniy fiqra» nomli bir firqa paydo bo‘lgan edi. Ushbu firqaning Ubaydulloh ibn Hasan Qayravoniy degan etakchisi o‘z qo‘l ostidagilarga qiziqarli maktub yozgan. Unda hayot kechirish borasida o‘zining ko‘rsatmalarini berib, shunday yozadi: «Mening nazdimda bu aqlsiz gap emas, ya’ni odamlarning uyida chiroyli, sochlari o‘rim-o‘rim singillari bor, ular o‘z akalarining mijozini, tabiatini yaxshi tushunishadi. Lekin aqlsiz akalar o‘z singillarini o‘z qo‘llari bilan begona, notanish yigitga berib yuboradilar. Vaholanki, qizning u yigit bilan turmushi yaxshi bo‘lib ketadimi, mijozini yaxshi biladimi, bilmaydimi, bunga e’tibor qaratmaydilar. Aka esa husni ham, sochlari ham singlisinikidek go‘zal bo‘lmagan boshqa begona ayolga uylanadi. Menimcha, bu ish aqlga teskari bo‘lib, o‘z uyidagi boylikni boshqa birovga qo‘shqo‘llab tutqazib yuborishdir! O‘z uyiga xotin qilib olib kelgan boshqa ayoldan qanday qilib orom, rohat oladi? Bularning barchasi aqlsizlik va aqlga xilof ishdir. Men o‘z tarafdorlarimga nasihat qilib, bunday telbalikdan saqlanib, o‘z uyidagi boylikni o‘zgalarga berib yubormaslik kerak, deyman» («Al-Farq baynal firaq»). SINGIL VA JINSIY TASKIN Ubaydulloh ibn Hasan Qayravoniy boshqa bir o‘rinda o‘z izdoshlariga quyidagi mazmunda maktub yozgan: «Singil o‘z akasi bilan yoshligidan birga katta bo‘lgan bo‘lsa, aka singilni deb, singil akani deb jonini fido qilishga tayyor bo‘lsa, nimaga endi bularning barchasini qilgan singil o‘z akasidan jinsiy ehtiyojlarini qondira olmasin? Bunga sabab nima? Bularning barchasi aqlga zid ishdir» («Al-Farq baynal firaq»). AQLIY JAVOB BERISh MUMKIN EMAS Siz u aytgan so‘zlarga qancha la’nat aytsangiz, ayting. Lekin men aytamanki, «ilohiy vahiy» deb atalmish yo‘lboshchisiz, xolis aql bilan Ubaydulloh ibn Hasan tomonidan keltirilgan dalillarga qiyomatgacha javob berib bo‘lmaydi. AQLIY JIHATDAN AXLOQSIZLIK EMAS Agar bir kishi Ubaydulloh ibn Hasan ilgari surgan g‘oya g‘irt axloqsizlik, razillik, desa, unga javoban aytiladiki, sen o‘ylayotgan ushbu badaxloqlik va razillik senda atrof-muhit ta’sirida paydo bo‘lgan tasavvurdir. Chunki sen yashab turgan mintaqada bunday ish ayb sanaladi. Shuning uchun sen ham uni ayb hisoblayapsan. Xolis aql e’tiboridan esa bu hech qanday ayb ish emas. Qarangki, singilga uylanishni halol yoki harom deb belgilash na aqlning va na zamonaviy texnikalarning vazifasi, balki u ilohiy vahiy vositasidagina bilinadigan ilmdir. Shuningdek, bir jinslilarning nikohi aql tarozisiga qo‘yiladigan bo‘lsa, dunyoning taraqqiy topgan mintaqalarida yashovchi, dunyo rivojiga juda katta hissa qo‘shayotgan kishilarning aqli yaxshi, to‘g‘ri deb javob bermoqda. Lekin kimlarningdir aqli atrof-muhit ta’sirida uni mutlaqo noto‘g‘ri deyishi mumkin. Aslida bu aqlning ishi emas, balki ilohiy vahiy orqali bilinadigan ilmdir. NASABNI SAQLASh AQLIY USUL EMAS Siz yuqoridagi holatga aql javob bera oladi, deb: «Bu bilan nasab va hasab bulg‘anadi», desangiz, bunga javoban aytiladiki, «To‘g‘ri, nasab bulg‘anishi aniq. Lekin buning qanday yomon tomoni bor? Nasabni asrash qanday aqliy usulki, u sababli nasabni saqlash zarur bo‘lsa! BU HAM FITRIY XOHIShNING BIR BO‘LAGI Siz Ubaydulloh ibn Hasanga javoban «Bunday holatda tibbiy zararlar etadi», deyishingiz mumkin. Chunki yaqinlar bilan jinsiy muomala qilish oqibatida tibbiy zararlar kelib chiqadi, degan tushuncha sizning fikringizga singib ketgan. Lekin g‘arbda yaqinlar bilan jinsiy aloqa qilish fitriy xohishning bir bo‘lagi ekani haqida kitoblar yozilmoqda va ularda yaqin qarindoshlar bilan jinsiy yaqinlik qilish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar butkul rad etilmoqda. Hozirda g‘arb ilgari surayotgan yaqin qarindoshlar bilan o‘zaro nikohlanish g‘oyasini bundan sakkiz asr muqaddam Ubaydulloh ibn Hasan izdoshlariga yozib qoldirgan. G‘arbda yozilayotgan kitoblar Ubaydulloh ibn Hasan tarafidan qilingan ishning faqat aks-sadosigina bo‘lib qolmay, balki ba’zi g‘arb mamlakatlarida bunday ish ommaviy tarzda amalda joriy qilinmoqda. ILOHIY VAHIYNI ILM HISOBLAMASLIK NIMALARGA OLIB KELADI? Yuqorida sanab o‘tilgan ishlar, ya’ni bir jinslilarning nikohi, o‘zining singlisiga nikohlanish kabilar nima sababdan dunyoda sodir bo‘lmoqda? Bularning barchasi aqlni o‘z doirasidan tashqarida ishlatish sababli yuzaga kelmoqda. Ilohiy vahiy ishlaydigan joyda aql ilohiy vahiyning yo‘lboshchi ekanini inobatga olmasligi ba’zi g‘arb mamlakatlarida bir jinslilarning nikohlanishlariga ruxsat berilishiga olib keldi. Hozirda bir jinslilarning nikohlanishi alohida bir ilmga aylanib qoldi. Dunyoning eng katta kutubxonalarida «Gay style of life» («Bir jinslilarning hayot tarzi)» degan nom ostida alohida bo‘limlar tayin qilinib, ularda mavzuga aloqador bir qancha kitoblar jamlangan. Bu borada ular tomonidan ilmiy anjumanlar uyushtirib turiladi. Ular juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, bu tashkilot a’zolarining aksariyati obro‘-e’tiborli kishilardan, yuqori mansab egalaridan iboratdir. AQLNING ALDOVI Bir jinslilarning nikohi aqlga zidmi? Siz «Ha», deb javob berasiz. Chunki ilohiy vahiy orqali sizga uning eng qabih va rasvo ish ekanligi bayon qilingan. Lekin aqlga suyanib, ilohiy vahiyni unutgan kishilar bir jinslilarning nikohi ham fitriy xohish ekanini ta’kidlamoqdalar. Ular fitriy xohishni bahona qilib, dunyodagi barcha yomonliklarni qilishga ruxsat berishmoqda. Bularning barchasi aql asosida bo‘lmoqda. Hozir bir jinslilar nikohi o‘zaro insonlar orasida bo‘layotgani ommaviy tarzga aylandi. Hatto ba’zi birlari it, mushuk kabi hayvonlarga nikohlanishga ham o‘tib ketdilar va ommaviy axborot vositalari orqali bu ishlaridan faxrlanib so‘lamoqdalar. AQLNING YaNA BOShQA ALDOVI Atom bombasi aqlning eng yuqori mahsuli hisoblanib, uni ixtiro qilganlar Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar. Lekin hozirgi kunda butun dunyo atom bombasi zararidan xavfsirab, uni engillashtirish yo‘llari ustida bosh qotirmoqdalar. Millionlab odamlar undan zarar ko‘rib, atom bombasi ixtirochisiga la’natlar aytmoqda. Dunyodagi birorta razillik, vayronagarchilik va qirg‘inbarot yo‘qki, ularning joiz ekaniga aql yo‘l topib bera olmasin. Bugun butun dunyo fashizmni la’natlab, Gitler va Mussolinini majnun deb atamoqda. Lekin siz fashizm falsafasiga doir kitoblarni o‘qib chiqsangiz, bu illat aqlli insonlar tomonidan o‘ylab chiqilganiga amin bo‘lasiz. Ya’ni aql fashizmni ham himoya qiladi. Qo‘yingki, aql dunyodagi barcha yomonliklarni dalillar asosida yaxshi, to‘g‘ri deb hukm qilishi mumkin. Chunki aql o‘z doirasidan boshqa joyda ishlatilsa, albatta, noto‘g‘ri natija beradi. Ilm vositalarining har biri uchun belgilangan ishlash doirasi bor bo‘lib, ulardan birini o‘rniga boshqasini ishlatsangiz, doimo noto‘g‘ri natija olasiz. Masalan, birni ikkiga qo‘shishni aql bajaradi. Siz uni beshta sezgi organi yordamida bajarib ko‘ring-chi, natija qanday chiqar ekan. Demak, har bir ilm vositasi o‘z o‘rnida ishlashi lozim. Aks holda to‘g‘rilab bo‘lmaydigan ko‘plab xatolar yuzaga keladi. AQLNING MISOLI Tarixchi, faylasuf Ibn Xaldun aql haqida shunday yozgan: «Alloh taolo insoniyatga aql berdi. Bu ulug‘ ne’matdir. Aql belgilangan doirada ishlatilsa, ko‘plab foyda keltiradi. Agar o‘z doirasidan tashqarida ishlatilsa, hech qanday naf bermaydi. Bunga bir yaxshi misolni keltirish mumkin. Aqlning misoli oltinni o‘lchaydigan tarozi kabidir. Tilla tortiladigan tarozida bir necha gramm tilla tortilsa, undan foyda olinadi. Chunki u tillani tortish uchun yasalgandir. Agar bir kishi u tarozida tillani emas, biror tog‘ni tortishga urinsa, albatta, u tarozi sinib ketadi. Shundan kelib chiqib, bir kishi «Bu tarozi bo‘lmagan narsa ekan-da», desa, hamma uni ahmoq deb aytadi. Chunki tilla tarozisi tog‘ni tortish uchun yasalgan emas-da! Bundan maqsad shuki, tarozi o‘z o‘rnidan boshqa joyda ishlatilganligi uchun sinib ketdi» («Muqaddimatu Ibn Xaldun»). ISLOM VA MATERIALIZM O‘RTASIDAGI FARQ Islom dini aqlni o‘z doirasida ishlatib, aql ishlamaydigan joyda uni tark qilishga amr qiladi. Chunki aql o‘z doirasidan boshqa joyda noto‘g‘ri javob beradi. Masalan, kompyuter nima uchun ixtiro qilingan bo‘lsa, o‘sha maqsadda ishlatilsa, tezda javob olinadi. Lekin kompyuter yordamida u orqali bajarilmaydigan ish qilinsa, na foyda va na to‘g‘ri javob olinadi. Shuningdek, aql ham o‘z doirasidan tashqarida ish bermaydi. Shuning uchun Alloh taolo insoniyatga uchinchi vosita, ya’ni ilohiy vahiyni ato qildi. Ilohiy vahiy ish beradigan joyda aql ishlatilsa, noto‘g‘ri javob beriladi. Shu bois ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam rasul etib yuborildilar va u zotga Qur’oni Karim nozil qilindi. Bu haqda Qur’oni Karimda shunday deyiladi: إِنَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ «Albatta, Biz senga Kitobni odamlar orasida Alloh senga ko‘rsatganidek hukm qilishing uchun haq ila nozil qildik» (Niso surasi, 105-oyat). Qur’oni Karim bizlarga haq va nohaqni, to‘g‘ri va noto‘g‘rini, yaxshi va yomonni o‘rgatadi. Ularning barchasi aql yordamida bilinmaydigan narsalardir. QUR’ON VA HADISDA ILM, FAN HAMDA TEXNOLOGIYa Ba’zi insonlarni quyidagi mulohaza qiynayotgan bo‘lishi mumkin. Hozir ilm, fan va texnologiya asri, Qur’on oyatlarining birortasida va na hadisi sharifda zamonaviy texnologiyalarni yasash formulasi berilmagan. Hozirda ilm, fan rivojlangan yurtlar o‘zga sayyoralargacha chiqib kelmoqdalar. Lekin nima uchun Qur’oni Karimda oyga chiqish yo‘llari aytilmagan? ILM, FAN VA TEXNOLOGIYa Qur’oni Karimda zamonaviy texnologiyalarni yasash formulasi aytilmaydi. Chunki texnologiyalar aql doirasiga tegishli ishdir, ya’ni o‘z ustida ishlash, tajriba o‘tkazish natijasida paydo bo‘ladigan ishlardandir. Alloh taolo insoniyatning rivojlanishi va taraqqiy topishi uchun aql ne’matini ato qildi. Inson o‘z aqlini aql doirasida qancha ko‘p ishlatsa, albatta, rivojlanib, taraqqiy topadi. Aql parvozi nihoyalanib, ish bermaydigan joyga etib kelganda Qur’oni karim bizga saboq berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, ya’ni aql idrok qila olmaydigan narsalar haqida bizga ma’lumot beradi. Darhaqiqat, hozir texnologiyalar asri, bunda faqat aql ish beradi. Chunki zamonaviy texnologiyalarni ixtiro qilish aql doirasiga tegishli ishdir. Har bir inson kundalik hayotida turli ishlarga ro‘baro‘ bo‘ladi. Ular borasida to‘g‘ri qaror qilish va to‘g‘ri natija chiqara olish uchun qaerda his qilish a’zolari, qaerda aql va qaerda vahiy ishlashini bilishi lozim. Aks holda doimo noto‘g‘ri xulosa va noto‘g‘ri natijaga erishadi. Chunki ilm vositalarining birini ikkinchisiga aralashtirib tashlash ko‘pincha insoniyatni noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi. ISLOMIY HUKMLARDA MOSLAShUVChANLIK MAVJUD Yuqoridagi so‘zlarni tushunib olgandan keyin qalbda yana shunday savol paydo bo‘lishi mumkin: «Qanday qilib biz o‘n to‘rt asr ilgari nozil qilingan hukmlarga amal qilishimiz mumkin? Axir ular eskirib qoldi-ku! Hozirga kelib insonlar ehtiyoji turli-tuman bo‘lib, o‘zgarib ketdi. Shunday ekan, qanday qilib o‘n to‘rt asr ilgari nozil qilingan hukmlar yigirma birinchi asrga to‘g‘ri keladi?» Bunday savollar islomiy ilmlarni tushunmaslik oqibatida kelib chiqadi. Islom hukmlarni uch qismga taqsimlagan. Ular quyidagilar: 1. Qat’iy nas orqali, ya’ni Qur’on va sunnat bilan sobit bo‘lgan hukmlar. Bunday hukmlar zamon o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydi; 2. Ijtihod va istinbot qilishning imkoni bo‘lgan, ya’ni qat’iy nas bilan sobit bo‘lmagan hukmlar. Bunda islomiy hukmlarning o‘zida moslashish mavjuddir; 3. Qur’on va sunnatda biror ko‘rsatma yoki yo‘l-yo‘riq berilmagan hukmlar. Ular bizning aqlimizga tashlab qo‘yilgan. U shunday keng doiraki, har davrda inson aql va tajribasini ishlatib rivojlanadi va har zamonning zaruratlarini qondira oladi. QIYoMATGAChA O‘ZGARMAYDIGAN HUKMLAR Ijtihod va istinbot qilish imkoni bo‘lgan hukmlarda holat e’tibori bilan illatlar o‘zgarganligi sababli hukmlarda ham o‘zgarish yuz beradi. Lekin qat’iy nas bilan sobit bo‘lgan hukmlar o‘zgarmaydi, ya’ni bunday hukmlarda qiyomatgacha o‘zgarish yuz bermaydi. Chunki unday hukmlar inson fitratiga bino qilingandir. Insonning holati o‘zgaradi, lekin fitrati o‘zgarmaydi. Shu bois ham fitratga bino qilingan qat’iy nas bilan sobit bo‘lgan hukmlarda qiyomatgacha o‘zgarish yuz bermaydi. Shariat imkon bergan o‘rinlarda imkoniyat doirasida ish ko‘rib, o‘z zaruratlarimizni qondirishimiz lozim bo‘ladi. IJTIHOD BOShLANADIGAN JOY Qat’iy nas mavjud bo‘lmagan joydan ijtihod qilish boshlanadi. Nas mavjud bo‘lgan o‘rinda aqlni ishlatib, biror so‘z aytish o‘z doirasidan tashqarida aqlni ishlatib, so‘z aytish hisoblanadi. Bunday joyda aqlni ishlatib, biror so‘z aytish dinni o‘zgartirishga yo‘l ochilishi deyiladi. Bu borada quyidagi misolni keltirish o‘rinli bo‘ladi: Qur’oni Karimda cho‘chqa harom, deb hukm qilingan. Bu hukm vahiyning hukmi hisoblanadi. Bu o‘rinda aqlni ishlatib: «Vahiy nozil qilinayotgan vaqtda cho‘chqalar iflos narsalarni iste’mol qilishar va nopok sharoitda boqilar edi. Hozirda cho‘chqalar tozalikka javob beradigan zamonaviy fermalarda parvarish qilinmoqda. Shuning uchun cho‘chqa borasidagi hukm bekor bo‘lishi lozim», deyish aql ishlamaydigan joyda aqlni ishlatish hisoblanadi. Holbuki, zamonaviy tibbiyot ham cho‘chqaning insoniyat uchun nihoyatda zararli ekanini isbot qilmoqda. SUDXO‘RLIK BILAN TIJORAT ORASIDA QANDAY FARQ MAVJUD? Qur’oni Karimda sudxo‘rlik, pora harom deb aytilgan. Bu o‘rinda aqlning istaklariga quloq tutilmaydi. Bu haqda johiliyat arablari tomonidan aytilgan so‘z Qur’oni Karimda shunday bayon etilgan: «Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek turarlar. Bu ularning «Tijorat ham riboga o‘xshash-da», – deganlari uchundir. Holbuki, Alloh tijoratni halol qilgan, riboni esa harom qilgan. Bas, kimki Robbidan mav’iza kelganda to‘xtasa, avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga havoladir. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar» (Baqara surasi, 275-oyat). Alloh taolo yuqoridagi oyati karimada savdo-sotiqni halol, riboni esa harom deb hukm qildi. Endi bu hukm borasida «Nimaga?», «Nima uchun?» deyish imkoni yo‘q. Chunki Alloh taolo savdo-sotiqni halol qildi, u halol bo‘ldi. Riboni harom qildi, u harom bo‘ldi. Endi bu ikki hukm borasida «Nimaga?», «Nima uchun?» deb savol berib, aqlni ishlatish aqlni o‘z o‘rnidan boshqa joyda ishlatish hisoblanadi. Odamlarga qo‘yib berilsa, har kim din borasida aljirab, halolni harom, haromni halol deb tashlashi mumkin. BIR AJIB VOQEA Bir qo‘shiqchi haj qilgani boribdi. Hajni ado etib, Madinaga qaytayotganida, yo‘lda bir karvonsaroyga tushibdi. Tun payti u erga ovozi xunuk bir arab qo‘shiqchi kelib, ashula ayta boshlabdi. Qo‘shiq aytishning qonun-qoidalari buzilayotganini ko‘rgan musofir qo‘shiqchi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sen kabi qo‘shiqchilarni eshitib, qo‘shiqni harom qilgan ekanlar-da. Agar mening qo‘shiq aytishimni eshitganlarida, qo‘shiq aytishni harom demagan bo‘lar edilar», debdi. Qo‘shiqchining bu gapi qat’iy sobit bo‘lgan hukmlarda nafsoniy xohishlarni qondirish deyiladi. BUGUNGI KUN MUFAKKIRINING IJTIHODI Qo‘shtirnoq ichida o‘zini «mufakkir» deb ataydigan ba’zi insonlar o‘z aqli doirasida fikr yuritib, Qur’oni Karim oyatlarini ta’vil qilishga urinadi. Bu esa aqlni o‘z doirasidan tashqarida ishlatib, oyatlarni o‘zgartirish hisoblanadi. O‘tgan ilohiy kitoblarni har bir «mufakkir» aql ishlatib ta’vil qilishga harakat qilgani uchun ham ular butunlay o‘zgarib ketgan. Lekin Alloh taolo Qur’oni Karimni qiyomatgacha saqlashni O‘z zimmasiga olgan. «Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va albatta, Biz unga muhofazachimiz» (Hijr surasi, 9-oyat). XULOSA Xar bir kichik martabadagi narsa o‘zidan yuqori turuvchining qaramog‘i va nazorati ostida bo‘lishi kerak. Beshala sezgi a’zo qanchalar mukammal bo‘lmasin o‘z faoliyatini yuritishda aqlga muxtojdir. Ularni aql nazorati ostida istemol qilinsa, to‘g‘ri va ko‘p foyda olinadi. Shuningdek aql ham vahiy nazorati ostida, uning ko‘rsatmlariga muvofiq tarzda istemol qilinsa, uni o‘z o‘rnida ishlatilgan bo‘lib, dunyoviy va uxroviy najotga sabab bo‘ladi. Dunyo aqlli deb tan olgan Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Al-Horazmiy, Navoiy, Zahiruddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ mutafakkir olimlar ham avvalo aqllarini ilohiy ta’limotlar bilan sug‘orib, so‘ng umrlari mobaynida uning nazorati ostida ish yuritganlar. Ularning barchalari o‘n yosh atrofida Qur’onni to‘liq yod olgan va hadis, tafsir, fiqh ilmlarida mukammal bo‘lganlar. Bu narsalar yozgan asarlarida yaqqol ko‘rinib turadi. Bangladeshlik olim, naqshbandiy tariqatining peshvolaridan bo‘lgan Altof Husayn rohmatullohi alayh o‘zlarining "Islohiy xitob" nomli asarlarida Aflotunning Muso alayhisslom bilan bo‘lgan qissasini keltirgan. Unda: “Aflotun Muso alayhissalomga: “Agar siz mening savolimga javob bersangiz, diningizga kiraman”, dedi. Muso alayhisslom: "So‘ramoqchi bo‘lgan narsangni so‘ra”, dedilar. U: “Kamon otguvchi Alloh, musibatlar kamon o‘qlari va inson nishon bo‘lsa, undan qanday qutilish mumkin?”, dedi. U zot: “Bu juda oson. Buning uchun kamonchi tomonida va unga yakin kishilardan bo‘lsang bo‘ldi. Agar Allohga itoat qilsang va dargohiga bosh egsang, najot topasan”, dedilar”, deyilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda