Dardi be davo Insonlar

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolga berayotgan javoblaringiz uchun rahmat. Men umrimda hid sezmaganman. Hid nima ekanini, uni qanday bo‘lishishini bilmaymayman. Gullar men uchun bor yo‘g‘i go‘zal manzara. Bu dunyo iforsiz bo‘shliq. Albatta, men bundan nolishni o‘ylamayman, ammo ba’zida shunday his tuyg‘u bo‘ladiki "Nima uchun bu million odamni ichida aynan men?" degan savol ham qiynashi mumkin. Holbuki, bu dunyoda umrida rang ko‘rmagan, inson shaklini tasavvur ham qila olmaydigan insonlar bor. Holbuki, bu dunyoda tovush nima ekanini bilmaydigan insonlar bor. Eng achinarlisi eyayotgan taomini mazasini umrida sezmagan va sezmaydigan insonlar bor. Biz esa noshukrmiz. Meniki ularning dadrdi oldida eng engilidir. Butun umr ko‘rmaslikdan, eshitmaslikdan, gapira olmaslikdan, ta’m sezmaslikdan ko‘ra shunchaki hid sezmaslik yaxshiroqdir. Aytingchi Hazrat, Inson vafot etganidan so‘ng ko‘rmagan ko‘zlar ko‘ra boshlaydimi? Ilk hidni o‘sha damda sezamizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta!

26 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar