Vahhobiylar va boshqa savollar!

Assalomu alaykum Xazrat!Bezovta qilganim uchun uzr so‘rab sizdan quyidagi savollarga javob olmoqchiman. 1. Agar iloji bo‘lsa, Vahhobiylar to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Xizbut taxrirlar to‘g‘risida ma’lumot bergan ekansiz, juda to‘liq bergansiz. Vahhobiylar to‘g‘risida ham shundoq qilib bersangiz. ko‘pgina joylardan u-bu ma’lumotlar oldim, lekin ular juda ham qisqa qilib berishgan. umuman olganda bu kabi guruhlar haqida biror bir kitob yoki ma’lumotnoma bormi? O‘zi bu kabi savol berganimning sababi bu qanaqangi guruh yoki qanakangi yo‘nalish shu haqda bilmoqchiman, bilasiz bizda axvol jindak chatoq? Ozgina u bu narsalardan tiyilib yaxshi bo‘larmikinman desang, xa vaxobiylarga o‘xshab qolding, nima yurish bu, mundoq biz bilan ham o‘tirib qo‘yavering ichmasangiz xam deb shu kabi gaplarni aytishadi. Sizga og‘irlik bo‘lmasin deya imkoni boricha qidirdim, entsiklopediyada ozmuncha ma’lumot bor ekan undan ko‘nglim to‘lmadi. Bu forum.islomda qidirish joyi bor ekan undan qidirishni bilmadimmi yoki o‘zi yo‘qmi topolmadim. Xullas bir tayinli ma’lumot topolmagach sizga murojaat qilib turibman. Suyanchig‘im sizsiz. Yordam qiling.2. nosning shariatda xalol yoki xaromligi to‘g‘risida biror xukm bormi? U haqda hams to‘xtalib o‘tsangiz.3. namozni o‘qiyotganda shimi uzun bo‘lsa shimarish kerakmi, yo shundoq qolgani ma’qulmi? Bu haqda kimdir shimarish kerak deydi, boshqasi unday emas deydi? Nima qilish kerak?4. Falsafa, psixologiya, sotsiologiya kitoblarini o‘qisak bo‘ladimi? So‘raganimki, u chetdan kirib kelgan kitoblarning tarjimasiku(oksfordniki)! javobingiz uchun oldindan kattakon rahmat.Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Oxunboboev ko‘chasi 18-uy.Axmedov Alisher.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Agar iloji bo‘lsa, Vahhobiylar to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Xizbut taxrirlar to‘g‘risida ma’lumot bergan ekansiz, juda to‘liq bergansiz. Vahhobiylar to‘g‘risida ham shundoq qilib bersangiz. ko‘pgina joylardan u-bu ma’lumotlar oldim, lekin ular juda ham qisqa qilib berishgan. umuman olganda bu kabi guruhlar haqida biror bir kitob yoki ma’lumotnoma bormi? O‘zi bu kabi savol berganimning sababi bu qanaqangi guruh yoki qanakangi yo‘nalish shu haqda bilmoqchiman, bilasiz bizda axvol jindak chatoq? Ozgina u bu narsalardan tiyilib yaxshi bo‘larmikinman desang, xa vaxobiylarga o‘xshab qolding, nima yurish bu, mundoq biz bilan ham o‘tirib qo‘yavering ichmasangiz xam deb shu kabi gaplarni aytishadi. Sizga og‘irlik bo‘lmasin deya imkoni boricha qidirdim, entsiklopediyada ozmuncha ma’lumot bor ekan undan ko‘nglim to‘lmadi. Bu forum.islomda qidirish joyi bor ekan undan qidirishni bilmadimmi yoki o‘zi yo‘qmi topolmadim. Xullas bir tayinli ma’lumot topolmagach sizga murojaat qilib turibman. Suyanchig‘im sizsiz. Yordam qiling.Yozgan maktubingiz va so‘ragan savolingiz uchun tashakkur. Shu bilan birga siz talab qilgan kitobni yozish bo‘yicha uzr aytishga ijozat bersangiz. Bunga bizda vaqt ham, imkon ham yo‘q. Kim biror kitob yozib berishni so‘rab qolar ekan deb o‘tirgan odam bo‘lsa, bilmadim. Biz hozirda kerakli deb o‘ylagan mavzu bo‘yicha kitob yozishni niyat qilganmiz. Bunda musulmonlar ommasiga zarur bo‘lgan mavzu ko‘zda tutiladi. Sizga o‘xshab birovlar bilan tortishganda javob bera olmay qolgan narsa emas.Siz bor narsalarni o‘rganib borganingiz yaxshi bo‘lsa kerak.2. nosning shariatda xalol yoki xaromligi to‘g‘risida biror xukm bormi? U haqda hams to‘xtalib o‘tsangiz.Shariatda zararli narsalar harom qilingan. Ana o‘sha hukmlarga qiyos qilib, nosni ham zararli narsa sifatida tushunish kerak.3. namozni o‘qiyotganda shimi uzun bo‘lsa shimarish kerakmi, yo shundoq qolgani ma’qulmi? Bu haqda kimdir shimarish kerak deydi, boshqasi unday emas deydi? Nima qilish kerak?Ulamolarning gapi ikki xil bo‘lgani uchun shunday aytishgan. Siz ham ustozingiz aytganini qiling4. Falsafa, psixologiya, sotsiologiya kitoblarini o‘qisak bo‘ladimi? So‘raganimki, u chetdan kirib kelgan kitoblarning tarjimasiku(oksfordniki)!O‘quv barnomasida bo‘lsa, o‘qiladi.

29 Aprel 2022, 04:21 | Savol-javoblar | 183 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar