Shomdan keyin bola bor uyga kiyimni qoqib kirish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Shomdan keyin ko‘chadan uyga kirganda yangi tug‘ilgan chaqaloq yotgan xonaga kiyimni qoqib kirish shariatimizda bormi? Savolni berishimdan maqsad, xar kuni ishdan qaytganimda kattalar kiyimni qoqib kirishimni so‘rashadi, kiyimni qoqsa jinlar "ketar" ekan. Men qo‘ldan kelgancha taxoratda yuraman va aksariyat xollarda shom namozini o‘qib kiraman uyga. Kattalarga shuni tushuntirsam ular ota bobolarimiz be’jiz qilishmagan buni deyishmoqda. Iltimos bu borada shariat xukmini aytsangiz. Raxmat. Allox barchamizni jannatiylardan qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu bid’atdan boshqa narsa emas.

26 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar