5 rakat namoz

domla.1. Turt rakatli namozda bilmasdan beshinchi rakatga tursa sung shu xatosini sezib kolsa otirmasdan beshinchi rakatini tulik ado etib sung utiradi deyildi. Shu tugrimi?2. Kechkurungi ukiyotgan nafl namozingizni kiroatini ovoz chikarib ukisa buladimi?3. Kunduzi uykuda ruzador junub buldi sung ruzadorligiga karab gusl kildi. Shom paytida u ogzini (chukur gargara) va burnini (achitib) gusldagidek chaymadi, namoz ukidi. Namoz durust buldimi?Katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirmay turib ketsa, modomki sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va sajdai sahv qiladi. Chunki u farz amal bo‘lgan qa’dai oxirni kechga surdi.Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi naflga aylanadi va argar istasa oltinchi rak’atni qo‘shadi. Beshinchi rak’atning sajdasini qilishi bilan farz namozi naflga aylanadi. Besh rak’atli namoz bo‘lmagani uchun oltinchi rak’atni ham o‘qib qo‘ysa, olti rak’atli nafl o‘qigan bo‘ladi.Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirgandan keyin unutib turib ketsa, modomiki sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib salom beradi. Chunki tik turgan holda salom berib bo‘lmaydi.Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi tamom bo‘ladi va oltinchi rak’atni qo‘shadi hamda sajdai sahv qiladi. Chunki uning uchun namozidan salom berishdan boshqa narsa qolmagan edi. Sajdai sahvni qilishi naflni odatdagidek boshlamagani uchun bo‘ladi. O‘sha ortiqcha namoz uning uchunIkki rak’at nafl bo‘ladi. Ular Peshinning sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ya’ni, o‘sha ikki rak’at ortiqcha namoz Peshinning farzidan keyingi ikki rak’at sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ularni alohida o‘qiydi.2. Bo‘ladi.3. Bo‘ladi.

28 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 159 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar