Najosat va namoz

Assalomu alaykum! Sizlarga bir nechta savolim bor edi. Hojatdan keyin kiyimimga behosdan 1-2 tomchi najosat tekkanligini ko‘raman. Keyin men kiyimimni 3 marta yuvib tashlayman. Lekin bari bir o‘zimdan shubhalanib yuraman. Tomchilab najosat tekgan kiym harom bo‘ladmi?
2. Najosat tekgan kiyimimni tog‘araga solib yuvsam u ham harom bo‘ladmi?
3. Namoz paytda orqadan el kelganini sezsa namoz buzladi deb eshitdim shu gap to‘g‘rimi?
4. Ko‘zni yuvib namoz o‘qib bo‘lmaydi deb eshtdim shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Yuvilishi bilan toza bo‘ladi. Butunlay almashtirish shart emas. 2). Qo‘lingizga olib ustidan suv quyib, qattiq siqib yuborsangiz so‘ng shu ishni uch bor takrorlasangiz pok bo‘ladi. 3). Idishni ham uch bor yuvish bilan pok bo‘ladi. El kelsa namoz buziladi. 4). Ko‘zni ochib namoz o‘qish sunnat. عَنْ أَبِي قِلَابَةَ قَالَ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ: أَتَيْنَا إِلَى النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَنَحْنُ شَبَبَةٌ مُتَقَارِبُونَ، فَأَقَمْنَا عِنْدَهُ عِشْرِينَ يَوْمًا وَلَيْلَةً، وَكَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَحِيمًا رَفِيقًا، فَلَمَّا ظَنَّ أَنَّا قَدِ اشْتَهَيْنَا أَهْلَنَا أَوْ قَدِ اشْتَقْنَا سَأَلَنَا عَمَّنْ تَرَكْنَا بَعْدَنَا فَأَخْبَرْنَاهُ، قَالَ: ارْجِعُوا إِلَى أَهْلِيكُمْ، فَأَقِيمُوا فِيهِمْ، وَعَلِّمُوهُمْ، وَمُرُوهُمْ - وَذَكَرَ أَشْيَاءَ أَحْفَظُهَا أَوْ لَا أَحْفَظُهَا - وَصَلُّوا كَمَا رَأَيْتُمُونِي أُصَلِّي، فَإِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَلْيُؤَذِّنْ لَكُمْ أَحَدُكُمْ، وَلْيَؤُمَّكُمْ أَكْبَرُكُمْ Abu Qilobadan rivoyat qilinadi: «Molik bunday so‘zlab berdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelganimizda tengqur yigitlar edik. Huzurlarida yigirma kecha-kunduz turdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahmdil va muloyim ekanlar. U zot ahlimizni xohlab qolganimizni [yoki sog‘inganimizni] bilgach, ortimizda kimlarni qoldirib kelganimizni so‘radilar, biz aytdik. U zot: «Ahllaringizning oldiga qayting. Ular bilan istiqomat qiling va ularga o‘rgating, buyuring – Abu Qiloba: «Molik esimda qolgan va esimda qolmagan bir qancha narsalarni aytdi», deydi – va mening namoz o‘qiganimni ko‘rganingizdek namoz o‘qing. Namoz vaqti kirganda biringiz azon aytsin va kattarog‘ingiz sizlarga imom bo‘lsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar