Kitoblaringizni qirg‘iz tiliga tarjiyma qilish haqida
Hurmatli Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari, biz Qirg‘izistonlikmiz. Deyarli 9 yillik majburiy ta’lim olishimiz mobaynida o‘zbek tilini o‘rganishlik bilan birga, qirg‘iz tilini ham o‘rganganmiz. Keyin litseyda ham 3 yil davomidagi o‘qishimizda ham, ma’lum darajada o‘rganganmiz. Va yana ham mukammal o‘rganish maqsadida bo‘sh vaqtimizda davom etmoqdamiz. Ayni vaqtda maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaganimiz sababli, bu biz uchun qulay bo‘lmoqda. Ya’ni kasbdoshlarimiz ichida qirg‘iz tili mualimlari bor. Ulardan hohlagancha so‘rab, Alloh qodir qilganicha o‘rganishga imkonimiz bor. 2009-yildan buyon sizning kitoblaringizni o‘qib juda yaxshi foydalar olib kelmoqdaman. Buning uchun sizga Allohning roziligini va mag‘firatini so‘rayman. Bizning bilishimiz bo‘ycha, sizning kitoblaringiz rus va qozoq tillariga tarjima qilinmoqda ekan. Bu habarni eshitib, biz ham sizning "Mukammal saodat yo‘li" kitobingizni darslarimiz davomida qirg‘iz tiliga tarjima qilish fikri keldi. Agar ruxsat bersangiz, shu hayrli ishni boshlasak degan edik. (albatta diyniy ilmi bor kishilarga ham tarjimani tekshirtiramiz.) Rasmiy ma’lumot bo‘yicha Qirg‘izistoning 68% qirg‘iz millatiga mansub xalq yashaydi. (son bilan aytganda 3million 400ming) Deyarli qirg‘iz tilidagi diniy adabyotlar ichida oddiy odam o‘qiganda tushunib ketadigan kitoblar ozligini qirg‘iz do‘stlarimiz ko‘p aytishadi. Bugungi kunimizdagi ko‘pchilik muammolarni kelib chiqishiga johillik sabab deb o‘ylayman. "Mukammal saodat yo‘li" kitobingizni tarjiyma qilishimizga ruhsat berasizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ruxsat beraman. Umuman boshqa kitoblarni ham qirg‘iz tiliga tarjima qilish borasida urinib ko‘rdik. Ammo qat’iyyatli va kitob ishini biladigan hamkor topa olmayapmiz. Odamlarimiz Qirg‘izistonda nashryot ochish uchun ham harakat qilishdi. Ammo qonun asosida ishlashni istaydigan taraf topilmayapti. O‘g‘rilikcha nusxa ko‘chirib pul ishlashga ishqibozlar etarlicha bor ekan. Bu bilan ish bitmaydi. Agar rasmiy va rejali ravishda ish qilinsa bardavom bo‘ladi. Bir necha odam tirikchiligini ham o‘tkazadi, xizmatni ham qiladi. Sizlarga muvofaqiyatlar tilayman. Alloh taolo ishlaringizni o‘ngidan keltirsin.
26 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar