Majburlikdan yolg‘on gapirish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men ish izlab, ishga qabul qiluvchilar bilan suhbatlarda bo‘lmoqdaman. Ular suhbat davomida "namoz o‘qiysizmi?" yoki "dinga munosabatingiz qanday?" kabi mazmunlarda savol berishmoqda. Tabiyki ularga men namoz o‘qishimni va dinga munosabatim ijobiy ekanini aytdim. Mening fikrimni eshitgach, fikrim ularga to‘g‘ri kelmaganini aytib, ishga qabul qilishmayapti va rad javobini berishmoqda. Ishga kirish uchun yolg‘on gapirsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ishga kirish uchun yolg‘on gapirsa bo‘lmaydi. Siz ajr olmoqdasiz, ular gunohkor bo‘lmoqdalar. Alloh taolodan najot so‘rab duo qilib turing. Biz ham haqqingizga duo qilamiz.
26 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar