G‘uslda tirnoqda lak qolib ketsa

Assalomu alaykum! Hayzdan keyin g‘usl qildim, bomdodni o‘qib ro‘za tutdim. Tirnog‘imga xayz paytida lak qo‘yganman o‘chirganimdan keyin g‘usl qilgandim ikkita barmog‘imda qolib ketganini peshinga yaqin ko‘rdim. Endi ro‘zam durust bo‘ladimi yo‘qmi? Qayta yuvinmay tahorat bilan davom ettirsam bo‘ladimi? G‘uslim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ro‘zangiz durust bo‘ladi. Qayta g‘usl qilish shart emas. O‘sha qolib ketgan lakni o‘chirib suv tegmagan tagiga suv etkazsangiz g‘usl tamomiga etadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar