Quyosh chiqadigan paytda nomoz o‘qish

Assalomu alaykum! Ustoz men bomdod nomozini uxlab qolganim sababli aksar hollarda quyosh chiqishidan 10-15 minut oldin ado etaman lekin quyosh chiqishigacha yani 5 minutlar qolgangacha o‘qib bo‘lman. Telefonda belgilab qo‘yilgan quyosh chiqishi yoki botishiga qarab nomozni quyosh chiqguncha o‘qiyman. Bazi bir odamlardan eshitdim nomozni quyosh chiqishidan 10 minut oldin o‘qib bo‘lish kerak bo‘lmasa nomoz quyosh chiqadigan payt hisobida bo‘ladi deyishadi. Shu gap to‘g‘rimi? Shu haqada ozgina tushuncha bersangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvimda quyosh chiqish vaqti belgilangan. O‘sha belgilangan paytgacha bomdod namozini o‘qishingiz joiz. Ammo hali namozni tugatmasingizdan avval quyosh chiqa boshlasa (taqvimda shu vaqt ko‘rsatilgan) namozingiz buziladi. Qazo qilib qayta o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar