Berilgan qarz muddati

Assalomu alaykum! Menga mahallamda yashovchi bir akamiz uyiga eshik-rom qo‘yib berishimni so‘radi. “Xo‘p 650$ bo‘ladi” desam, u odam 200$ berib “mayli ishlarni o‘rnatib tur, qolganini ikkiga bo‘lib beraman” dedi. Men “oxirgi muddatiz qachon” deb so‘rasam “Noyabr oxirida 200$, keyin 10-dekabrda 250$ beraman” dedi. Men “undan cho‘zilib ketmaydimi” desam, “yo‘q” dedi. Men 8-noyabrda ishlarini o‘rnatib berdim, u akani aytgan muddatidan o‘tib ham ketdi. Endi yaqinda gaplashsam, “uka pul bo‘lmadi, dekabr oxirida 200$ beraman, qolgan 250$ni bo‘lib uzvoraman” dedi. Shu holatda men aytgan muddatidan o‘tib ketgani uchun ustiga pul qo‘shib bering desam bo‘ladimi? Jazakallohu xoyron.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yo‘q bo‘lmaydi. Agar shunday qilsangiz sudxo‘rlik qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar