Qilayotgan amalim noto‘g‘rimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men savol javoblar arxivini o‘qiyotib bir javobingizni o‘qidim. “Farz namozidan keyin astag‘firullohni qo‘shib olmang, tark qiling” debsiz. Men 5 mahal namozda keyin 10 marta ixlos, 11marta subhanalloh, 11marta alhamdilluloh, 11marta Allohu akbar, 11 marta astag‘firulloh, 11marta laa ilaha illaloh, 11 ta salavot aytaman. Savolimni aslo boshqacha tushunmang iltimos, faqat qilayotgan amalim to‘g‘rimi, shuni bilmoqchiman. Balki o‘sha savol beruvchining holati boshqadir. Balki men noto‘g‘ri tushungandirman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qaerda va kimga “Farz namozidan keyin astag‘firullohni qo‘shib olmang, tark qiling” debman? Siz aytayotgan zikrlar, mazkur shaklda hech qaerda yo‘q. Kitoblardagi zikrlarni qiling.

26 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 139 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar