Anbiyolar surasidagi 104-105 oyatlarning tafsiri

Anbiyolar surasidagi 104 chi oyat haqida ma’lumot bersangiz. Ya’ni hozirgi kundagi ba’zi bir chet el olimlarini katta portlash nazariyasiga va undagi qanday borliq kattalashayotgan bo‘lsa, shunday ortga qaytadi degan ilmiy nazariyasiga to‘g‘ri kelmayaptimi? Va shunindek 105 oyatni tafsirini aytib bersangiz. Ushbu oyatda qaysi erni nazarda tutilmoqda?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
104. O‘sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek, yopamiz. Maxluqotni avval qanday boshlagan bo‘lsak, uni xuddi shunday qaytaramiz. (Bu) zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz qiluvchidirmiz.Xuddi hisob-kitob ishlarini yozib boruvchi shaxs ishini tugatib, daftarini yopganidek, osmon ham qiyomat kuni shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga etgan bo‘ladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.Alloh taolo u Kunda barcha xaloyiqni avvalgi holiga qaytaradi. Hamma ishlar bir boshdan hisob-kitob qilinadi. Hammaga amaliga yarasha mukofot yoki jazo beriladi.«(Bu) zimmamizdagi va’dadir».Alloh, shunday qilaman, deb va’da berib qo‘ygan. U doimo va’dasi ustidan chiqadigan Zotdir.«Albatta, Biz qiluvchidirmiz».Qilmasdan qo‘ymaymiz. Shuning uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘ravering. Bunga o‘xshash gaplar qadimdan bo‘lib kelayotibdi, yangilik emas.

26 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar