O‘zbek ismlari haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga sog‘lik salomatlik tilagan holda hayotimzdagi ba’zi bir kamchiliklar, xatolar haqida so‘ramoqchi edim. Ustoz, bizning tilimiz boy til. Ba’zida ismlarmizdagi xatolarga e’tborim tushib qoladi, shu haqida ko‘p o‘ylayman. Ota onalar yaxshi niyatda ism qo‘yishadi, Sunnatillo, Oyatillo, Nusrtillo deyishadi. Shunda o‘ylanib qolman, “shu ismlarni asli Sunnatulloh, Oyatulloh, Nusratullohmasmi? Nega oxirigacha to‘liq aytishmaydi yoki rostan shundoqmikan” deyman. Shunday ism egalaridan so‘raganda ham ismlarini oxirda “h” harfini aytmay “Nusrtillo” deyshadi, “Nusratulloh” deyishmaydi. Ustoz o‘zi aslida misol uchun Nusratillomi yoki Nusratullohmi? Shunday ismlarga “xon” qo‘shimchasini ham qo‘shib qo‘yishadi, Nusratilloxon deyishadi. Shu “xon” qo‘shmchasi qanaqa qo‘shimcha ustoz, qanaqa ma’noni bildiradi, shunday Alloh nomi yozilgan ismlarga qo‘shib aytish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikringiz to‘g‘ri.

26 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar