Ayollarga begonaning ko‘zi tushishi

Assalomu alaykum! Tepadagi savollar orasida depilyatsiya qildirish mumkin emas chunki ayolning avratiga begonalarning ko‘zi tushishi mumkin emas, ginekolgga xam borish joiz emas ammo kasallik yuzasidan ruxsat bersa bo‘ladi deyilgan ekan. Ammo biz ayollar farzandimiz sog‘lom tug‘ilishi va uning qornimizda yaxshi rivojlanishi uchun ginokologga va UZIga borishga ularning ko‘rigidan muntazam o‘tishga majburmiz. UZI tekshiruvlaridan o‘tganda tabiyki qornimizni (kindigimizni) ochib yotamiz. Shifokorlar esa avratlarimizga qarashiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p xollarda UZI xodimlari erkak shifokorlar bo‘ladilar. Bunday xolda begona erkak (ayol) avratlarimizga qaragani uchun biz (yoki ular) gunoxga botamizmi? 2). UZI tekshiruvi o‘tdi keyingi masala tug‘ish jarayoni. Bu jarayonda shifokorlar nafaqat bizning avratlarimizga qarashiga to‘g‘ri keladi balki qo‘llari bilan teginishga va bolani iloji boricha boshini to‘g‘ri chiqarish uchun avratlarimizni kesish va tikish jarayonlari xam bo‘lib o‘tadi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak begona odamning ko‘zi tushmasin gunox bo‘ladi deb o‘zimizni o‘zimiz tug‘dira olmaymizku? 3). Menda bunday vaziyat bo‘lmaganku lekin bu vaziyatga ko‘p duch kelganman. Mashinalarda ko‘prok jamoat transportlarida 2-3 oylik chaqoloqlarini ko‘tarib o‘tirgan ayollarni ko‘rganman. Jamoat transportlarida 7 yoshdan 70yoshgacha bo‘lgan yosh qari odamlar ayollar va erkaklar bo‘ladilar. Ba’zi ayollar esa vaziyat to‘g‘ri kelsin kelmasin bolasini emizishiga to‘g‘ri keladi. Yosh yigitlar xam bunday vaziyatlarda uyalmay ayolga qarab turadilar. Ammo ayollar avtarlarini ochishga majbur bo‘ladi, chunki chaqalogi yig‘layotgan bo‘ladi. Bunday xolda avratini ochgan ayol gunoxkor bo‘ladimi yoki unga uyalmay qarab turganlarmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Gunohga botasiz. Ayol UZIchini topib tekshirtirishingiz kerak. 2). 1400 yildan beri onalarimiz qanday qilgan bo‘lsalar shunday qilishga o‘tishimiz kerak. Tug‘ishda ayol doyalarga qarating. 3). Inson o‘zini ro‘molchasini tashlab olish qiyin ish emas. To‘sish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 142 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar