Onamning roziligi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men o‘tgan yili sizdan bir savolimga javob olgandim va siz bergan javob bo‘yicha ketayotgandim. Kecha mening qalbimga yana diqqatchilik tushib qoldi, avvalgi savolim shunday edi: meni ikki ayolim bor. Ikkinchi ayolim borligi haqida onam bilib, “Agar ikkinchisini javobini bermasang, men rozimasman” degandi. Siz bergan javob: “Oilani buzish, onani rozi qilish doirasidagi ishlarga kirmaydi” degandingiz. Kecha bir darsimizda tasodifdan shu mavzuda meni hayotimga taalluqli ish chiqib, tinchim buzilib qoldi. “Ota-onaga itoat qilishlik vojib amal. Er xotinni talog‘ini berishlik muboh amal. Ikkisi teng kelganda, albatta vojib amal qilinishi kerak”, degan ish chiqyapti. Endi men nima qilishni bilmay qoldim. Ikkala ayolim bilan oramiz yaxshi. Lekin afsus, onam o‘z so‘zlaridan qaytganlari yo‘q. Sizdan iltimos, shu ishga oydinlik kiritib bering. Men bir oddiy musulmonman. Allohdan qo‘rqqanim uchun sizdan yana shu mavzuda so‘rayapman. Noto‘g‘ri ish qilgan bo‘sam uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmaganingizdan keyin bilgan odamning gapini oling. Bu masala siyqasi chiqib ketgan gap! Men har bir odamga alohida javob qilib berishim shart emas! Bekordan falsafa so‘qmay kitob o‘qisangiz bo‘lmaydimi?! 3. Yosh oilaga ota-onalarning aralashuvi. Qadimdan musulmon xalqlarda, jumladan, bizning xalqimizda oilaning kattalari, xususan, ota-onalar yosh oilalarning mustahkamligiga garov bo‘lib kelganlar. Kelin-kuyovlar yoshlik qilib, o‘zaro kelisha olmay qolsalar, janjal qilsalar, ularni yarashtirishni o‘zlarining burchlari deb bilganlar. Har bir ota-ona avvalo o‘z farzandiga nasihat qilgan, undan keyin kelini yoki kuyoviga nasihat qilgan va oilalarning mustahkamligiga hissa qo‘shgan. Ba’zi holatlarda qattiqroq gapirib, do‘q-po‘pisa ham qilganlar. O‘sha paytlarda «Falonchining qizi uyigi arazlab kelgan ekan, «Sening uying o‘sha er, biznikidan ketgansan, yana shunday qilsang, sendan norozi bo‘laman» deb, qaytarib olib borib qo‘yishibdi» qabilidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinar edi. Shuningdek, «Falonchining o‘g‘li kelini bilan urishib qolgan ekan, «Agar kelinni yana bir marta xafa qiladigan bo‘lsang, unday qilaman, bunday qilaman» deb, o‘g‘li bilan rosa urishibdi» kabi gap-so‘zlar ham tarqalib turar edi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ikki tarafning kattalari nima qilib bo‘lsa ham, oila mustahkamligining qayg‘usini qilar edilar. Hozir esa buning teskarisining guvohi bo‘lib turibmiz. Tez-tez bu borada aql bovar qilmaydigan ishlarni ko‘rib, gaplarni eshitib, yoqa ushlab yuribmiz. Kuni kecha domlalarimizdan birlari quyidagi savolni berdi: «Bir kishining onasi: «Xotiningni taloq qilmasang, seni oqq qilaman», – deb turib olgan ekan, u: «Taloq qildim», – debdi. Ota bu bir taloq bo‘lishini, o‘g‘li yana kelin bilan yarashib olishi mumkinligini boshqalardan bilibdi. Kelin otasinikiga ketganidan keyin ona o‘g‘lini olib, kelinnikiga boribdi. Qo‘shnilarni jamlab, ularning guvohligida: «Hozir uch taloq qilasan, bo‘lmasa, oqq qilaman», – debdi. U kishi noilojlikdan: «Uch aloq qildim», – debdi. Taloq so‘zining «t»sini aytmay, «aloq», debdi. Buning hukmi nima bo‘ladi?» Xuddi shunga o‘xshash gaplar har qadamda uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ota-onalarning insofsizligi, ularning shariatni bilmasliklari, unga amal qilishni xayollariga ham keltirmasliklari sabab bo‘lmoqda. Bunday kimsalar bolasi o‘z jufti haloli bilan saodatli umr kechirayotganini etarli hisoblamaydilar. Ular bir-birlariga emas, bizga yoqishlari kerak, degan fikrda bo‘ladilar. Bir ota-onadan qizining o‘z qaynonasidan qilgan shikoyatiga quloq solaylik. Ularning aytishlaricha, quda xotin yangi kelinga: «Menga cho‘ri bo‘lsanggina bu uyda turasan, bo‘lmasa, javobingni berib, o‘zimga yoqadigan kelin topaman», – der ekan. Kelinni kechasi o‘n ikkigacha ishlatib, yana sahar soat oltida eshik oldida turishini talab qilar ekan. Oqibatda, to‘ydan ikki oy o‘tar-o‘tmas, oraga taloq tushibdi. Kelin ota-onasining uyiga qaytibdi. Ikki taraf xijolat. Birovning boqib, tarbiyalab, voyaga etkazgan qizini kelin qilishga so‘rab borgan taraf o‘g‘liga umr yo‘ldoshi topish niyatida bo‘ladimi yoki o‘g‘ilning ota-onasiga cho‘ri sotib olish savdosiga boradimi?! Shunchalik ham noinsoflik bo‘ladimi?! Shunchalik ham johillik bo‘ladimi?! Kamina xodimingizga oilaviy muammo bilan savol so‘rab kelgan shaxslarning anchagina qismi o‘zi jufti haloli bilan yaxshi munosabatda bo‘lsa ham, ota-onasining zo‘rlashi sababli oilasi buzilayotganidan zorlanishadi. Buning ustiga mazkur oilabuzar ota-onalar bolasiga: «Agar oilangni buzib, juftingdan ajramasang, seni oqq qilaman, bergan oq sutimga rozimasman, sendek bolam yo‘q» kabi tahdid jumlalarini qalashtirib tashlagan bo‘ladilar. Bechora farzand ikki o‘t orasida qolgan: bir tarafda uni tug‘ib, katta qilgan ota-onasi, boshqa tarafda umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan umr yo‘ldoshi. Oxiri, najot izlab, diniy ko‘rsatmaga bosh urishga qaror qilgan, Allohning oldida gunohkor bo‘lib qolmaslikka qasd qilgan bo‘ladi. Allohning amriga, dinning ta’limotiga qaralsa, ota-onaning haqqi juda ham ulug‘. Bu haqiqatni har bir musulmon, kim bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshi biladi, shu bilan birga, ota-onaning haqqini qo‘ldan kelganicha ado etishga harakat qiladi. Ammo, dunyodagi barcha maxluqotlarga oid narsalarning chegarasi bo‘lgani kabi, ota-ona haqqining ham chegarasi bor. Bandaning Allohning amriga zid bo‘lgan xohishi rad qilinadi. Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan narsada maxluqqa itoat qilinmaydi. Islom ta’limotida iloji boricha oilani mustahkamlashga amr qilingan. Boshqa birovning – agar o‘sha birov ota-ona bo‘lsa ham – xohishiga binoan oilani buzishga ruxsat yo‘q. Bu haqiqatni barcha ulamolar o‘zlarining qadimgi va yangi kitoblarida ta’kidlaganlar. Muhammad ibn Muflih ibn Muhammad Maqdisiyning «Al-odobush-shar’iyya» nomli kitobida bu ma’noda alohida fasl bor. Unda jumladan, quyidagilar aytiladi: «Fasl: Xotinini taloq qilishda ota-onaga itoat qilish vojib bo‘lmaydi. Agar otasi unga xotinini taloq qilishni amr qilsa, ijobat qilmaydi. Buni ashoblarimizning ko‘pchiligi zikr qilgan». Shayx Taqiyuddin onasi xotinini taloq qilishga amr qilgan kishi haqida: «Uning uchun xotinini taloq qilish halol bo‘lmaydi. U onasiga yaxshilik qilaveradi. Xotinini taloq qilish onasiga yaxshilik qilishdan emas», – degan. عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ الرَّيَّانِ أَنَّهُ سَمِعَ رَجُلًا يَسْأَلُ عَطَاءً عَنْ رَجُلٍ لَهُ أُمٌّ وَامْرَأَةٌ، وَالْأُمُّ لَا تَرْضَى إِلَّا بِطَلَاقِ امْرَأَتِهِ، قَالَ: لِيَتَّقِ اللهَ فِي أُمِّهِ وَلِيَصِلْهَا. قَالَ: أَيُفَارِقُ امْرَأَتَهُ؟ قَالَ عَطَاءٌ: لَا. قَالَ الرَّجُلُ: فَإِنَّهَا لَا تَرْضَى إِلَّا بِذَلِكَ. قَالَ عَطَاءٌ: فَلَا أَرْضَاهَا اللهُ، امْرَأَتُهُ بِيَدِهِ إِنْ طَلَّقَهَا فَلَا حَرَجَ، وَإِنْ حَبِسَهَا فَلَا حَرَجَ. رَوَاهُ حُسَيْنٌ الْمَرْوَزِيُّ. Muoviya ibn Rayyondan rivoyat qilinadi: «U bir kishining Atodan savol so‘raganini eshitdi: u kishining onasi va xotini bo‘lib, onasi xotinini taloq qilishidan boshqa ishga rozi emas ekan. Shunda u: «Onasi haqida Allohga taqvo qilsin va unga silai rahm qilaversin», – dedi. «Xotinini qo‘yib yuboradimi?» – dedi. «Yo‘q», – dedi Ato. Shunda haligi odam: «Onasi shundan boshqaga rozi bo‘lmayapti», – dedi. «Uni Alloh rozi qilmasin! Xotini qo‘lida. Taloq qilsa ham tanglik yo‘q, tutib qolsa ham tanglik yo‘q», – dedi». Husayn Marvaziy rivoyat qilgan. Demak, bu erdagi gaplar ham ushbu bobning mazmunidan kelib chiqadi. Ota-ona Allohning g‘azabini keltiradigan narsani buyursa, qilmaslik kerak bo‘ladi. Taloq xuddi shunday narsa. Agar taloq tushsa, Rohmanning Arshi larzaga keladi, deyiladi. Shuning uchun bu rivoyat ona bolasidan xotinini taloq qilishni qattiq talab qilsa ham, unga ruxsat yo‘qligining dalili sifatida keltirildi. عَنْ حُمَيْدٍ، عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قِيلَ لَهُ: رَجُلٌ أَمَرَتْهُ أُمُّهُ أَنْ يُطَلِّقَ امْرَأَتَهُ؟ قَالَ الْحَسَنُ: لَيْسَ الطَّلَاقُ مِنْ بِرِّهَا فِي شَيْءٍ. رَوَاهُ حُسَيْنٌ الْمَرْوَزِيُّ. Humayddan rivoyat qilinadi: «Hasanga: «Bir kishini onasi xotinini taloq qilishga amr etdi?» – deyildi. Shunda Hasan: «Taloq onaga yaxshilik qilish ishlaridan emas»,– dedi». Husayn Marvaziy rivoyat qilgan. Odamlar tarafidan Hasan Basriy rohmatullohi alayhiga: «Bir odamning onasi: «Xotiningni taloq qilasan», deb turib olsa, nima qiladi?» deyilgan ekan. Hasan Basriy rohmatullohi alayhi aytibdilarki, xotinini taloq qilish onaga yaxshilik bo‘ladigan, ya’ni onaning xursandchiligi uchun qilinadigan ishlardan emas. Bu esa, onasi «Xotiningni taloq qilasan», deb turib olsa, taloq qilish kerak emas, onasining bu talabi noto‘g‘ri talab, noshar’iy talab. Uni qilmasa, bolasi gunohkor bo‘lmaydi, deganidir. «Bir kishi imom Ahmaddan: «Otam xotinimni taloq qilishimga buyurmoqda?»– deb so‘radi. «Uni taloq qilma!» – dedilar. «Umar roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga xotinini taloq qilishga amr qilgan emasmi?» – dedi u. «Otang Umar roziyallohu anhudek bo‘lganda, sen ham qilasan», – dedilar Ahmad ibn Hanbal. Ya’ni, «Otang Umarga o‘xshab, haq va adolatni, ha-voyi nafsga ergashmaslikni biladigan darajaga et-maguncha xotiningni taloq qilmay tur», deyilmoqda. («Mavsu’a Fiqhiyya». 8-juz, 71–72-betlar) Xuddi shu ma’nodagi gap qizini majburlab, ajratib olishga urinadigan ota-onalar haqida ham aytiladi. Shariatning hukmi shu bo‘lganidan keyin ota-onalar insof qilishlari va o‘z farzandlarining oilasini buzishni o‘zlariga ep ko‘rmasliklari lozim.
26 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar