Benzin sotish joyida
Assalamu alaykum! AYoQShda benzin o‘lchovli maxsulot bo‘lgani uchun aniq o‘lchab quyib berishning iloji yo‘q va benzin uchib kamayuvchi modda. Shularni inobatga olib Gosstandart tamonidan 50litr benzindan 250ml gacha kam quyishga ruxsat berilgan va bu doimiy (maxsus idishga quyilib) tekshirib turiladi va bu mijozlardan yashirilmaydi so‘raganda aytiladi. Ruxsat berilganiga 50litr dan 250ml doim kam quyilgani uchun yig‘ilib ko‘p miqdorni tashkil qilishi mumkin. Shunday joyda ishlayotgan odam ishxonani boshqa botil ishlarini bilib qolsa ishni davom ettirishi durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Odamlarni haqqini urib qolgani uchun qiyomatda javob beradi. Bir litri 2.800 so‘m deb yozilganidan keyin kamitmasdan quyib berishi shart. Inson omili aralashmasdan, tabiiy jarayonda ortib qolgan benzin bo‘lsa, uning xarajatini topayotgan foydasidan chiqarsin. 2). Gunoh qilishlarida yordam berishi kerak bo‘lsa, ishdan bo‘shashi kerak. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat