Ko‘z yosh
Assalomu alaykum! Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ko‘zimga yosh kelishi juda qiyin. Ba’zan o‘zimni majburlasam ham yig‘lay olmayman. Hatto yaqin qarindoshlarimning janozalarida ham ko‘zimga bir tomchi bo‘lsa ham yosh kelmaydi. Bu shunchaki oddiy holatmi yoki dinimizda bu holatga nisbatan qandaydir qarashlar mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida yig‘lash yoki yig‘lamaslik mijozga bog‘liq. Qancha-qancha Alloh taolo farz qilgan amallarni bajarmaydigan, jannat va do‘zaxdan gapirilsa “ertagingni boshqalarga ayt” deydiganlar hind kinolarini ko‘rib yig‘layotganlarini ko‘ramiz. Demak yig‘lash Alloh taolodan qo‘rqqan yoki qo‘rqmaganligiga dalolat qiladi degani emas. Oxiratni, qabrni, Alloh taoloning huzurida turishni eslaganda ko‘ziga yosh oladigan bo‘lishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa ular haqida o‘qib o‘rganish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar