Ayollar uchun haj jihodmi

Assalomu alaykum! Yaqinda ijtomiy tarmoqlarda bir ma’ruza eshitgan edim. Adashmasam Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariniki edi. Unda shunday deyilgan: "Ayollar uchun jihod bu haj va umraga borishidir" deyilgan. Ushbu gap to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunga hadis bor. عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتِ: اسْتَأْذَنْتُ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْجِهَادِ، فَقَالَ: جِهَادُكُنَّ الْحَجُّ. وَقَالَ عَبْدُ اللهِ بْنُ الْوَلِيدِ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ عَنْ مُعَاوِيَةَ بِهَذَا  Mo‘minlarning onasi Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan jihodga izn so‘radim. U zot: «Sizlarning jihodingiz hajdir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar