Aza

Assalomu alaykum! Ustozlar, dadamlar may oyida vafot etdilar. (Alloh rahmatiga olsin) shariatimizga muvofik 3 kunlik aza tutdik. Albatta, bu men uchun juda kiyin bo‘ldi. Qarindoshlar deyarli barchasi bu ishimga qarshi bo‘ldi. Xayt kunida yana qarindoshlarim (amakim va ammam) bilan urishib, shariatimizda ko‘rsatilganidek xaytni azada emas, bayram qilib o‘tkazdik. Men ishonamanki qabrda dadajonim qiynalmadilar va bu ishimdan xursand bo‘ldilar. Ustozlar shu ishim to‘g‘ri bo‘ldimi? Qarindoshlar bilan alokani uzish niyatim yuk, ammo dadajonim oxiratlari obod bo‘lishi uchun bidiat amallarni (40, yil va xayiti…) qilmadim. Dadam mendan o‘g‘li sifatida rozilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday ishdan Alloh rozi bo‘ladi. 40 va hokazolarni tark qilib bid’atni tark qilibsiz, shariatga muvofiq ish qilibsiz. Qo‘lingizdan kelganicha kunini va miqdorini tayin qilmay xohlagancha otangiz uchun xayri sahovat qilishingiz mumkin.  Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar