Maktab davridagi suratlar
Assalomu alaykum! Men hozirda maktabda o‘qiyman. Maktabdagi sinfdoshlar bilan turli xildagi tadbirlarda qatnashganimizda, muzey, teatrlarga borganimizda, ochiq dars va oddiy xolatlarda estalik uchun suratlarga tushish yokiy videolar olish odat tusiga kirgan. Katta bo‘lgan sari ularni ko‘rib yoshligimizni eslab turamiz. Ammo hozirda sinifimizning bazi bir qizlari xijob o‘rab muslimalik bahtiga ega bo‘layaptilar. Bu yahshi albatta. Ammo ular ham eskiroq, yoshlikdagi suratlarda hijobsiz, oddiy maktab o‘quvchisi singari tushganlar. Ushbu holat deyarli harbir maktabning, kattaroq har bir sinifida mavjud bo‘lsa kerak. Ushbu holatda qanday yo‘l tutgan foydaliroq bo‘ladi. Ularni tashlab yuborishga yokiy o‘chirib tashlashga insonning ko‘zi qiymaydi. Sababi u erda meni va do‘stlarimning yoshlik hotiralari, turli xil g‘alabalarimiz ham tasvirlangan. Ammo muslima sinfdoshlarimizning hijobsiz holatlari ham mavjud. Ushbu vaziyatga shariatimiz qanday javob beradi. Suratlarga qarab, saqlab qo‘yib, boshqa sinfdoshlarimiz bilan baham ko‘rib gunohkor bo‘lib qo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan yoshidagi suratlari bo‘lsa zarari yo‘q. Ammo bunda o‘sha suratdagi odamni roziligini olish shart. Shar’iy balog‘atga etgan bo‘lsa, avratlari ochiq holda suratga tushish joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar