Meni haqimni kim olib qo‘yyapti?

Men bir do‘stimdan 33 mingga haqqini bir yarim yilda bo‘lib berishga ulov oldim. Men haqni ado qildim, u do‘stimiz bu ulovni bir tanishimizdan uch yilga 55 minga olgan ekan, menga ulovni sotgan do‘stimni hozirda ishlari yaxshimas, u ulovni olgan do‘stimizga 33 mingni bergan va o‘rtalikda 22 ming farq qolyapti. Shunda ulovning egasi o‘rtadagi do‘stimizni ahvoliga qarab hali beri haqqini ololmaslikka ko‘zi etib, mendan ulovni tortib oldi. Men: “Nega bunday qilyapsan” desam, u menga: “men bu ulovni nasiya bay qilganman, savdoni ulovga bog‘laganman, agar tololmasang ulovni olib qo‘yaman deganman”, deb mendan tortib oldi. Ularni o‘rtasdagi haq ado bo‘lmagan bo‘lsa, u 33 mingni hamda ulovni oldida ularni o‘rtasdagi farq yopildi, javrni men ko‘rib qolyapman. Ular mendan ulovni tortib olishga haqlari bormi yo‘qmi? Men “Haqni ado qildim, ularni o‘rtasidagi haq ado qilinmagan bo‘lsa men javr ko‘rishim kerakmi? kim haqdor meni haqqim kimda qolib ketyapti? Shuni aytsangiz, oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin sizdan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Masalani hamma birga, ilmli odam bilan jonli majlisda echish kerak.

26 May 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar