Masjid odoblari
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Avvalambor barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin! Sizdek olimlarni Allohim ko‘paytirsin hamda o‘z panohida asrasin! Alhamdulillah yoshim 20 da, juma namozlariga masjidga boraman. Shu masjidda bir holatga ajablanaman, ayrim 60-70 yoshlar atrofidagi namozxonlarimiz birinchi qatorga o‘tirib olib, dunyoviy masalarda ovozini balandlatib suhbatlashishadi. Ularga “Allohning dargohida so‘zlamanglar” deydigan odam ham yo‘q! Men ham aytay deyman, haqqim yo‘q deb indamayman! Shunday vaziyatlarda yosh bo‘lsam ham fikr bildirish manosida shu otaxonlarga odob saqlashi kerakligi haqida gapirsam joizmi? Yoki haqqim yo‘qmi? Hazratim, shu masalada boshim qotgan. Maslahat bersangiz, Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Masalani qog‘ozga yozib imomga bering.
26 May 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 176 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Masalani qog‘ozga yozib imomga bering.
26 May 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 176 | Boshqa ibodatlar