Namozda bel ochilib qolishi

Assalomu alaykum! Bir kuni do‘stlarim bilan namoz o‘qigani turib farz namozini boshlagan edik, men imomlikka o‘tganni orqasida edim. Shu vaqt ko‘zim imomni orqa bel soxasiga tushib qoldi. Keyin men xech kimga indamasdan namozdan keyin aloxida o‘zim o‘sha farz namozni boshqatdan o‘qidim. Ushbu qilgan ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kalta ko‘ylak va tor shim kiyib namoz o‘qish Hozirgi kunda yosh yigitlar, hatto ba’zi yoshi kattalar ham kalta ko‘ylak, futbolka, jemfer, shyortik kabi kiyimlarni kiyishga odatlanishgan. Aslida musulmon kishi avrat joylarini berkitishi farz. Bu kiyimlarni kiyuvchilar ham avratlarini berkitish farz ekanligini biladilar. Ularning tik turgan holatini ko‘rgan atrofdagilar ham ularning avratlarini berk ekanligini tan olishadi. Chunki, ularning mazkur kiyimlari tik turgan holatda kindik ostidan tizzagacha yopib turgan bo‘ladi. Lekin bunday kiyimdagi kishilar ruku’ va sajdaga borganlarida, tashahhudda o‘tirganlarida avrat joylari ochilib qoladi. O‘zlari ortlarini ko‘ra olmaganlari uchun ruku’ va sajdada hunuk manzara namoyon bo‘lganini sezmay qoladilar. Bundan ham yomoni, o‘sha namozxonlarning o‘qigan namozlarida muhim shart bo‘lgan, avratni berkitish sharti topilmay, namozlari zimmalaridan soqit bo‘lmay qayta o‘qishlari shart bo‘ladi. Ular esa, buni bilmaydilar. يَا بَنِي آدَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ 31. Ey Odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling.(A’rof. 31-oyat). أعضاء عورة الرجل ثمانية: الاول: الذكر وما حوله. الثاني: الانثيان وما حولهما. الثالث: الدبر وما حوله. الرابع، والخامس: الاليتان. السادس، والسابع: الفخذان مع الركبتين. الثامن: ما بين السرة إلى العانة مع ما يحاذي ذلك من الجنبين والظهر والبطن Erkak kishining avrat azolari sakkiztadir. 1. Zakar va uning atrofi. 2. Ikki moyagi va uning atrofi. 3. Orqa chiqarish yo‘li va uning atrofi. 4, 5. ikki dumba. 6, 7. Ikki son bilan ikki tizza. 8. Qorin tomondan kindik ostidan (kindik o‘zi kirmaydi) jinsiy azogacha va orqa tomondan esa, huddi shuncha miqdor ikki biqn bilan. Odatda kishilar kindik ostini berkitishga harakat qiladilar. Orqa tomonlarini berkitishga esa, e’tibor qilmaydilar. Old tomonni berkitish farz bo‘lganidek, kindikni barobaridan orqa tomondan ham o‘shancha miqdor belni berkitishlari farz bo‘ladi. Hozirgi kunda esa, yuqoridagi shakldagi kiyimlarni kiyuvchilarning ikki dumbasi ajraladigan joyigacha ko‘rinib qolmoqda. Odatda avrat ochilib qoladigan kiyimlarni kiyish makruhi tahrimiy hisoblanadi. Namozda esa namozni buzilishiga sabab bo‘ladi. ان انكشف عضوه فستر من غير لبث لا يضره وان ادي معه ركنا يفسد صلاته و ان لم يؤد لكن مكث مقدار ما يؤدي فيه ركنه بسنة فلم يستر فسدت صلاته Agar kishining avrati namozda ochilib qolsa-yu, darhol berkitsa namozi buzil-maydi. Ammo avrati ochilsa-yu, shu holda biror ruknni ado qilsa namozi buziladi.  Fuqoholar bir rukn ado bo‘ladigan miqdorni uch bor tasbeh aytish miqdoricha vaqt bilan belgilaganlar. Shuningdek biror ruknni ado qilmasa-yu, o‘sha rukn miqdoricha turib qolsa ham namozi buziladi. Ya’ni uch bor subhana robbiyal a’lo deb aytish miqdoricha avrati ochilib tursa namozi buziladi. Shunga fatvo berilgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar