Ijtimoiy tarmoqlarga ayollar suratlarni joylashi

Assalomu alaykum! Bugungi kunda ko‘pgina ayollar, hijobli ayollar ham ijtimoiy tarmoqlarga ko‘pgina o‘z suratlarini joylab, qaysidir ma’noda ommaga o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilmoqdalar. O‘zgalar nazaridan o‘zini himoya qilib hijob o‘rab turib, yana o‘zini ommaga ko‘z-ko‘z qilish mening nazarimda bu mantiqsizlik lekin mening mantig‘im hech narsani hal qilmaydi. Shuning uchun bunga shariatimiz nima deydi? Qur’on yoki hadisda ayollar o‘zlarini bunday ko‘z-ko‘z qilishlari qaytarilganligi haqida nimalar deyilgan? Ayollar o‘zlarini suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashlari qanchalik joiz yoki joiz emas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 21:06 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar